Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TALQIN

HISTORICAL TRUTH AND ARTISTIC INTERPRETATION ИСТОРИЧЕСКАЯ ПРАВДА И ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ Kubayev Kabil Umarovich Jizzax davlat pedagogika universiteti, dotsent Email: kubayev67@mail.ru, 94-221-86-67 Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi o‘zbek nasrini samarali yaratayotgan adiblarimiz ijodida tarixshunoslik, yosh avlod tarbiyasi, inson ma’naviyatiga oid jihatlar talqini haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, murakkabroq jarayon – bu tarixiy shaxsning faoliyati yoki o’tmishdagi voqelikning aksi bilan bog’liq tafsilotlar. Ularni badiiy asarlarda ham turlicha talqin qilish mumkin. Bu yozuvchining bilim darajasi, dunyoqarashi, badiiy qobiliyati bilan bog‘liq jarayondir. Moziyda biror voqea yoki tarixiy shaxsning hayoti va taqdiriga oid asarlar yaratilishi yozuvchining hayotiy materialga yondashuvi, badiiy-estetik mahorati, ijtimoiy-falsafiy umumlashtirishlari, ifodalash usullari bilan bir-biridan farq qiladi. Bunday jarayonda yozuvchining badiiy tafakkuri, ijodiy individualligi ochiladi. Eng muhimi, yozuvchi tarixiy voqelikni qanchalik chuqur o‘rgansa, uni o‘z davrining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy muammolari bilan qanchalik bog‘lay olgan bo‘lsa, tanlagan mavzu ham shunchalik dolzarb bo‘lib boradi. Ushbu maqola asosan masalaning shu tomonini o’rganadi. Kalit so’zlar: hikoya, tarixiy hikoya, insho, syujet, personaj, tarixiy shaxs, fantastika, personaj Abstract. This article talks about the interpretation of issues of historicity and education of the young generation, as well as aspects related to human spirituality in the works of our writers who are effectively creating today’s Uzbek prose. Also, the details related to the activity of a historical person or the reflection of past reality is a more complicated process. They can also be interpreted differently in works of art. It is a process related to the writer’s level of knowledge, outlook and artistic skills. The creation of works related to the life and fate of any event or historical person in Mozi differs from one another by the writer’s approach to life material, artistic-aesthetic mastery, social-philosophical generalizations, and methods of expression. In such a process, the writer’s artistic way of thinking and creative individuality are revealed. The most important thing is that the deeper the writer studied the historical reality, the more he was able to connect it with the social, spiritual and moral issues of his time, the more relevant the chosen topic becomes. In this article, this aspect of the issue is mainly explored. Keywords: story, historical story, essay, plot, personality, historical figure, artistic text, character                                     Aннотация В данной статье говорится о трактовке вопросов историчности и воспитания молодого поколения, а также аспектов, связанных с духовностью человека, в произведениях наших писателей, эффективно создающих сегодняшнюю узбекскую прозу. Также более сложным процессом являются детали, связанные с деятельностью исторической личности или отражением прошлой действительности. Они также могут быть по-разному интерпретированы в произведениях искусства. Это процесс, связанный с уровнем знаний, кругозора и художественных способностей писателя. Создание произведений, связанных с жизнью и судьбой какого-либо события или исторической личности, в Мози отличается одно от другого подходом писателя к жизненному материалу, художественно-эстетическим мастерством, социально-философскими обобщениями, приемами выражения. В таком процессе раскрывается художественный образ мышления и творческая индивидуальность писателя. Самое главное, что чем глубже писатель изучил историческую действительность, чем больше он смог связать ее с социальными, духовными и нравственными проблемами своего времени, тем актуальнее становится избранная тема. В данной статье в основном исследуется этот аспект вопроса.                                                             Ключевые слова: повест, исторический повест, эссе, сюжет, характер, историческая личност, художественный вымысел, персонаж KIRISH. So‘nggi davrda tarixiy mavzuda asar yozishda boy tajribaga ega bo‘lgan yozuvchimiz M.Osim ijodiy an’analarini davom ettirib, o‘tmish fan va madaniyatimizning yorug‘ yulduzlari haqida yaratilayotgan tarixiy qissalarning ko‘pchiligida ancha mukammal badiiy xarakterlar yaratilganligining guvohi bo‘lamiz.  Bu asarlarning e’tiborli tomoni shundaki, unda o‘tmishdagi buyuk ajdodlarimizning ilm yo‘lidagi murakkab, ruhiy kechinmalarga boy, jo‘shqin hayoti ko‘rsatiladi. Shuning barobarida ularning hayoti yosh avlodga ibrat namunasi qilib ko‘rsatiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA QO‘LLANILGAN METODLAR Tadqiqotning ob’ekti sifatida Xayriddin Sultonovning “Saodat sohili”  qissasi va Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani, 1998 yil mart oyida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida nashr etilgan professor Akram Kattabekov bilan tarixiy asarlar yuzasidan bo‘lgan suhbat, N. Rahimjonov, Q. Ko‘baevlarning “Tarixiy qissalar haqiqat izlaydi” nomli monografiyasi olindi. Tadqiqot mavzusini yoritishda tasniflash, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy, kontekstual, kompleks va funksional tahlil usullaridan foydalanilgan. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI Bu borada iste’dodli adib Xayriddin Sultonovning Bobur umrining so‘nggi davriga bag‘ishlangan “Saodat sohili” tarixiy qissasi diqqatga sazovordir. Adib Bobur Mirzo hayoti va ijodiga bag‘ishlangan yana talay asarlar yaratgan. “Oy botgan pallada”, “Nuqta” hikoyalari, “Boburning tushlari”, “Tavba” kabi esse-badialari shular jumlasidandir. Adib mazkur asarlarda Boburning buyuk maqsadlar yo‘lida kechgan og‘ir, mashaqqatli hayotini shoirona bo‘yoqlar bilan tiniq manzaralarda ko‘rsatib beradi. “Soadat sohili” qissasida yozuvchining olis tarixini juda yaxshi bilishi, Zahiriddin Muhammad Bobur umrining so‘nggi davridagi murakkab hayot yo‘lini, ruhiy kechinmalarini aniq tasvirlashida  yaqqol ko‘zga tashlanadi. Sguningdek, yozuvchi mazkur qissani yozishda o‘z oldiga ulug‘ o‘zbek shoiri,  davlat arbobi, olim va mutafakkir siymosini chizishdek mas’uliyatli vazifani ham qo‘yadi. Yozuvchi Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” tarixiy romani ham shu mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bosh qahramon hayoti bilan bog‘liq Movarounnaxr va Xurosonda XV asr oxiri va XVI asr boshlarida sodir bo‘lgan qator tarixiy voqealar xronologik tartibda ko‘rsatiladi. Bunday voqealar rivoji Boburning murakkab hayoti va ijod yo‘lini ko‘rsatish bilan chambarchas bog‘liqdir. Romanning imkoniyat doirasi ancha kengligi sababli unda Boburning taxtga o‘tirgan davridan, to umrining oxirigacha bo‘lgan davr bosqichma-bosqich tasvirlanadi. Romanda Boburning shaxsiy kechinmalari, insoniy ezgu niyatlari va siyosiy qarashlari o‘zining chuqur ifodasini topadi. X. Sultonov esa qissa janrining imkoniyatlaridan kelib chiqib,  “Saodat sohili”ga  Bobur umrining so‘ngi 6 oyini asos qilib oladi. Roman ham, qissa ham Boburning o‘limi voqeasi bilan yakun topadi. Har ikkala asarda ham o‘xshash tarixiy faktlar anchagina. Biroq ularning badiiy talqini turlicha. Boburning keyingi paytda betob bo‘lib qolishi, uni Yusufiy ismli tabib davolaganligi va Bobur qalbida kechgan ruhiy jarayonlar ikki asarda ham o‘zining yaxshi ifodasini topgan. Har ikkala asarda ham Bobur olim sifatida qiyofasi, murakkab xarakteri tasviri ilm ahllari bilan munosabati orqali, chunonchi: “Yulduzli tunlar”da Bobur va Xondamir, “Saodat sohillari”da Bobur va Hofiz Ko‘ykiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatlarda  o‘z aksini topadi. Romanda ham, qissada ham tasvirlanishicha, Bobur olimlar bilan bo‘lgan munozaralarda o‘z qalbidagi muammolarning echimini topganday bo‘ladi. SHu sababdan ularga izzat ikrom ko‘rsatadi. Qissada ruhiyat tahlili romandagiga nisbatan ancha ustun ekanligini ko‘ramiz. Qissada adib qahramonning insoniy siymosini, ona yurt hajrida chekkan iztiroblarini badiiy lavhalarda yanada ishonchli va haqqoniy yoritib beradi. Muallif asarda murakkab muhit va chigal vaziyatdagi qahramonning ruhiy holatini, uni bunday ishlarga boshlagan omillarni, eng muhim, Bobur ruhiyatidagi ziddiyatli holatlarni ancha chuqur va ta’sirchan bayon etadi. Dastlab asar fazilatlari haqida adabiyotshunos Sanjar Sodiq kuyidagi mulohazalarni bildirgan edi: “X.Sultonov deyarli butun ijodida, xususan,  “Saodat sohili”  asarida Boboqul degan kimsaning bir vaqtlar Bobur bilan o‘z yurtidan ketganligi, endi esa o‘zga o‘lka bozorlaridan jinni bo‘lib, qo‘shiq aytib yurganligi ko‘rsatilgan. Uni qidirib safarga chiqqan Binokul ismli o‘g‘li esa yo‘lda halok bo‘ladi. bu voqeaga xech bir izoh berilmaydi. Obrazli ko‘rsatilgan mazkur voqea ustida jiddiy o‘ylab ko‘rilgandagina, kitobxon uning vositasida Boburning o‘z yurtidan ketishi faqat o‘zi uchungina emas, balki boshqa ko‘plab kishilar uchun ham dahshatli qismat bo‘lganligini anglab etadi. X.Sultonov katta iste’dod sohibi ekanligidan dalolat beradiga bunday obrazli tasvir, afsuski, hozir yaratilayotgan ko‘p asarlarimizda yetishmayapti”. Yozuvchi Bobur obrazini unga zamondosh tarixiy shaxslar va badiiy to‘qimaning mahsuli bo‘lgan obrazlar bilan chambarchas bog‘langan holda aks ettiradi. Shu bilan birga, yozuvchi obrazlar harakat qilayotgan XVI asarning muhiti, ruhi va ijtimoiy hayot yo‘nalishini ham haqqoniy lavhalarda yoritdi. Qissadagi obrazlarning hammasi o‘z zamonasidagi tarixiy sharpoitga uzviy bog‘liq va singib ketgandek, ularni o‘z muhitida uzib olib bo‘lmaydi. Qissa o‘z davrining mashhur allomasi Hofiz Ko‘ykiy va yosh olim Binoqulning Himndistonga, Bobur saroyiga safari bilan boshlanadi. Yo‘lda yosh olim halok bo‘ladi. Ko‘ykiy  ko‘p mashaqqatlar bilan Bobur huzuriga etib keladi. Dastlab shubha bilan kutib olingan Ko‘ykining maqsadlarini bilgach, Boburning ko‘ngli yorishib ketadi. Unga saroydagi ilm hazinalarining hamma eshiklarini ochib beradi. Hofiz Ko‘ykiy unga o‘z qadrdon ona yurti timsoli bo‘lib ko‘rinadi. Inson qadr qimmatini, adabiyot va san’atni qadrlovchi shoh Ko‘ykiyning ilm yo‘lidagi izlanishlariga ko‘mak beradi. Bobur uni tez-tez huzuriga chorlab, suxbat quradi. Va o‘zining qalb yaralariga malham topgandek bo‘ladi: “Bobur ilk uchrashuvdayoq musofir alloma (Ko‘ykiy) siymosida ona yurtidan duoi salom keltirgan mehmonni emas, balki ulkan tafakkur sohibini ko‘rdi, ahli donish bilan suhbatni har qanday vaqti chog‘likdan afzal bilgani sababli, uni har oqshom huzuriga chorlab, do‘stona izzat-ikrom va lutf karamlar ko‘rsata boshladi” [1. 94-95-betlar] Tarixiy mavzuda yozilgan badiiy asarda voqea xodisalarga xolis baho berish, tarixiy shaxs obrazini kitobxonga ishonarli holatda, real hayot fonida ko‘rsatish va tadqiq etib berish muhimdir. Bunday paytda tasvirdagi katta xizmati ruhiy tahlil bajaradi. Shu jihatdan “Saodat sohili” qissasida Bobur obrazini qay tarzda badiiy xarakter darajasiga o‘sib chiqish jarayonini ko‘zdan kechirish alohida e’tiborga loyiq. Chunki asarda shoirning so‘nggi davrdagi hayot yo‘li tasviri batafsil ko‘rsatilgan, ruhiy kechinmalari ancha chuqur ochilgan. Bizga ma’lumki, Bobur Hindistonda to‘rt yil hukmronlik qilgan. Bu davr mobaynida katta davlatni o‘zi orttirgan obro‘ va qurol kuchi bilan saqlab qolgan. Adib asarda mana shu yillar davomida Bobur o‘z yurtini qo‘msab, iztirobda umr kechirganini, o‘z taqdirining naqadar fojeali ahvolga tushganini anglab etishi, “o‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘lgil” degan maqolni eslab turish kabi holatlar orqali tasvirlab beradi. Shunday vaziyatda muallif o‘z qahramonining xarakteridagi etakchi xususiyatlarni ba’zan uning nutqi orqali ochishga ham harakat qiladi. Yozuvchi qahramonning ham dilini, ham tilini so‘zlato olgan va bu orqali shoir qalbining ko‘pchilikka noma’lum tomonlarini ochishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda, albatta, adib fantaziyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Asarda bunday holatlar shunday jonli uyushtirilganki, natijada qahramon kitobxon ko‘z o‘ngida o‘z qiyofasi, xarakteri bilan xuddi tirik odam sifatida gavdalanadi. Qissada Bobur necha zamonlardan beri ota-bobolari va o‘zining davrida obod bo‘lgan ona yurtining endilikda dushmanlar va nopok kimsalar qo‘lida ekanligidan qattiq qayg‘uradi. Bu o‘ylar unga bir daqiqa bo‘lsa ham unga orom bermaydi. Mana shu o‘rinda yozuvchi Hofiz Kuykiyning o‘ylari, Bobur Mirzoning hasrat va qayg‘ulari orqali Vatan, ona yurt haqidagi juda muhim muammoni o‘rtaga qo‘yadi: “Hofiz Ko‘ykiy hindlar Boburga “Qalandar shoh”deya nom berganliklari daf’atan angladi. – U yurtlar endi bizga harom…- Bobur qo‘lidagi piyoladan paydar-pay boda sipqordi. – Olmaning sarxilini qurt ermish. Yurt buzg‘unchi, badfe’l, boyqush shohlarga qoldi u viloyatlar. Alarning aqli boshidagi tojidan hargiz tashqari chiqmag‘ay. Yo‘qsa barining etini biri eb, yurtini g‘animga berarmidi” [1. 94-95-betlar]. Qissa qahramon xarakterining yangi qirralari osha ko‘rsatilgan ma’naviy olami obrazning tarixiyligini ta’minlay olgan. Personajning fikr-va mulohazalari, murakkab hayot yo‘li, taqdiri, tevarak atrofdagi kishilar to‘g‘risidagi o‘ylari mazkur asarda badiiy tasvirning asosini tashkil etadi. Yozuvchi tasvir ob’ektining tashqi va ichki holatlarini, obraz ruhiy olamini atroflicha ifodalash yo‘lidan borganligining, ularga chuqur ma’no bag‘ishlab, tarixiy shaxs xarakteri va tarixiy haqiqatini jonli gavdalantirganligining guvohi bo‘lamiz. Shuningdek, adib qissada Boburning ruboiylarini keltirish orqali ham uning ruhiy holatini chuqur ochib bera olgan. X.Sultonov Bobur dunyoqarashining mohiyatini monolog, dialog, tavsif va boshqa tasviriy vositalar orqali ochishga intilib, uning vatanparvarligini, insonparvarligini, boy ichki ma’naviy dunyosini atroflicha yoritishga muvaffaq bo‘ladi.Bobur obrazining jonliligini ta’minlash maqsadida adib lirik chekinish tarzida asarga qahramonning xarakterini ochishga yaqindan yordam beruvchi o‘z mulohazalari va baholarini ham tasvir jarayoniga kiritadi. Yozuvchi bunday usul yordamida Bobur xarakterining u yoki bu tomonini ochib berishga muvaffaq bo‘ladi. Tasvirda uning, bir qator fazilatlari bilan birga, odamiylik xususiyatlari ham davr nuqtai nazaridan yoritib boriladi. Qissadagi shoir Ko‘ykiy ham real tarixiy shaxsdir. Uning asl ismi sharifi Sulton  Muhammad  Hofiz Toshkandiy bo‘lib, XVI asrda yashab ijod etgan tarixchi, huquqshunos, tarjimon, olimdir. Ali Qushchining avlodidan. U bir qancha mamlakatda sayohatda bo‘ladi.  Hindistonga ikki marotaba borgan. Bir safar Bobur hayotligida bo‘ladi. Mana shu tarixiy faktlar asarda o‘zining badiiy ifodasini topgan. Qissaning kitobxonni hayajonga soladigan, eng ta’sirchan lavhalari Kuykiy va Bobur o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatlarda ko‘rinadi. Hofiz Ko‘ykiy o‘zining eamtarligi, andishaliligi va bilimdonligi bilan shohni hayratda qoldiradi. Shu bois Bobur uni har doim suhbatga chorlab, suhbat asnosida qalbida paydo bo‘lgan ko‘plab chigalliklarga javob topganday bo‘ladi. Bobur ruhiyatidagi uzoq vaqt davom etgan ichki kurashning echimi, Kuykiy tomon burilish psixologik jihatdan yaxshi asoslangan. Bobur suhbatlarining birida saodat sohilini topganini va u qaerdaligi haqidagi savolga shu vaqtgacha hech kimdan javob ololmaganini aytganda Ko‘ykiy: “Saodat sohili Vatanda olampanoh”- deb yuboradi. Bu javobdan Boburning bitmas yarasiga tuz urilishini, hatto, bu qisqa javob uning o‘lim bilan barobar ekanini kitobxon anglab etadi. Mazkur qissada yana bir qancha personajlar ishtirok etadiki, ularning ham har biri o‘ziga xos o‘ringa egadir. Yozuvchi bular haqida quruq bayon qilib qolmay, balki ular o‘rtasidagi umumiy mantiqiy bog‘lanishni ham ta’minlaydi. Asarda  obrazlarning tabiiy chiqishi, tarixiy sharoit tasviri, tarixiy shaxs obrazining badiiy talqini, davr tilining to‘laqonli o‘z aksini topishi, to‘qima obrazlarning asar g‘oyasiga singdirilishi kabi fazilatlar asarning badiiy qimmatini oshirgan.   XULOSA Yuqorida nomi zikr etilib, bir oz tahlil etilgan va shu kabi tarixiy mavzudagi qissalarning ko‘plab yaratilayotganligi ijobiy holdir. Chunki bugungi avlodni o‘z o‘tmishidan xabardor etish, ularda ajdodlarimizga bo‘lgan faxr tuyg‘usini uyg‘otish va yurt mustaqilligini mustahkamlashning asosiy omillaridan biridir.     FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)  
  1. X.Sultonov. “Boburning tushlari”. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent 1993 y.( H. Sultanov. «Dreams of Babur». Literary and art publishing house named after G. Ghulam. Tashkent 1993.)
  2. N. Rahimjonov, Q. Ko‘baev. “Tarixiy qissalar haqiqat izlaydi”. Adolat nashriyoti. Toshkent 2005 y.( N. Rahimjonov, Q. Kobaev. «Historical narratives seek truth.» Justice Publishing House. Tashkent 2005)
  3. Sanjar Sodiq. Yoshlar qissachiligi haqida o‘ylar // Sharq yulduzi. 1993 y. 12-son.( Sanjar Sadiq. Thoughts on youth short stories // Eastern Star. 1993 Number 12.)
  4. Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. – T., 2005. – 282 b.( Sultanov I. Literary theory. – T., 2005. – 282 p.)
  5. Boltaboev H. Adabiyot entsiklopediyasi. – T., Mumtoz so’z. 2015. – 476 b. (Boltaboev H. Encyclopedia of literature. – T., Classic word. 2015. – 476 p.)
  6. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. – T., G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU. 2016. – 127 b.( Karimov B. Ruhiyat alphabet. – T., NMIU named after Gafur Ghulam. 2016. – 127 p.)
  7. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – T., Navoiy universiteti. 2018. – 480 b. (Kuronov D. Fundamentals of literary theory. – T., Navoi University. 2018. – 480 p.)
  8. Quronov D. va boshq. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T., Akademnashr. 2010.-398 b.( Kuronov D. et al. Literary dictionary. – T., Academic Publisher. 2010.-398 p.)
        MUALLIF HAQIDA MA’LUMOT   Familiyasi: KUBAYEV Ismi-sharifi: KABIL  UMAROVICH Ish joyi: JIZZAX  DAVLAT  PEDAGOGIKA  UNIVERSITETI Lavozimi: MAKTABGACHA  VA  BOSHLANG‘ICH  YO‘NALISHLARIDA MASOFAVIY  TA’LIM  KAFEDRASI  DOTSENTI YAshash joyi: GULISTON  SHAHRI  BUXORO  KO‘CHASI 86/1 Telefoni: +998942218667 Elektron pochtasi: kubayev67@mail.ru