Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/11/2022
Chop etish
Taraqqiyot strategiyasi: Gender tenglik va yosh avlod tarbiyasi

Jizzax davlat pedagogika universiteti “Falasafa, tarbiya va huquq ta’limi” kafedrasi, viloyat mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir mavzusining asosiy g‘oyasi  taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar hamda qonunchilik ijrosi va shu kabi bir qator dolzarb masalalarga bag‘ishlandi. Tadbirda Jizzax viloyat hokimligi mahalla va olilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi bosh huquqshunosi R. Xakimova, viloyat xokimligi bolalar huquqlarini himoya qilish kotibiyat mudiri N. Mavlonova, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i F. Solieva, JDPU o‘qituvchisi K. Yusupovlar ishtirokchilarga Taraqqiyot strategiyasida nazarda tutilgan 100 ta maqsadni o‘z ichiga olgan vazifalar mohiyati, gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va uarning amaldagi ijrosi, bolalar huquqlarini himoya qiluvchi Ombudsman faoliyati to‘g‘risida, shuningdek, ta’lim va tarbiya sohasida qabul qilingan normativ xujjatlarning yosh valodni tarbiyalash borasidagi ahamiyati to‘g‘risida ishtirokchilarga tushuntirish va axborotlar berildi.

 

Tadbir davomida sohaga oid qonun xujjatlar tahlil qilinib, yuzaga kelayotgan muammolarning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan  tadbir ishtirokchilari tomonidan ko‘plab taklif va tavsiyalar berilishi yig‘ilishning ko‘tarinki o‘tishini ta’minladi. Tadbir so‘ngida bir qator faol maktabgacha ta’lim muassalari xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Zotan, Yosh avlod tarbiyasi bugungi kunning hayot va mamot masalasidir.


Ulashish:
1 084
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.