Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
26/04/2021
Chop etish
“Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari” mavzusida  Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi №78-F sonli Farmoyishiga bilan  tasdiqlangan  O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilda respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi asosida 23 aprel kuni institutda  “Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari” mavzusidagi  Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman  ishini  institut rektori, professor Sh.S.Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

            Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yalpi majlisida ZOOM tizimi orqali  Rossiya davlati, Stavropol davlat pedagogika instituti Jeleznovodsk filialidan pedagogika fanlari nomzodi Nazarenko Natalya Nikolaevna, sotsiologiya fanlari nomzodi Perepyolkina Nataliya Aleksandrovna, pedagogika fanlari nomzodlari Burakova I.S., Serebrennikova A., iqtisod fanlari nomzodi  Xubulova Veronika Vasilevna,  Fransiya davlatidan,  Fransiyaning Nim shahridagi Nemis ta’lim savdo instituti sotsiologiya fanlari doktori GLENAT Jan-Mark, akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti “Ijtimoiy – gumanitar fanlarni ӯqitishda zamonaviy innovatsion axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsentlari Homidov Abdurasul Abduqodirovich, Abdukarimov Jamoliddin Ahmadalievich, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi, Raqamli iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i, akademik, professor, iqtisod fanlari doktori G‘ulomov Saidaxror Saidahmedovich, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali “Raqamli iqtisodiyot va matematik fanlar” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Shermuhamedov Abbos Tairovich,  Jizzax davlat pedagogika instituti ta’limda axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti S.Usmonovlar o‘z ma’ruzalari tinglandi.

Shu’ba yig‘ilishlari “Kredit modul tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish”, “Ta’limda raqamli dunyo imkoniyatlari”, “Sun’iy intellekt va robototexnika”“Xorijiy tillarni o‘rganishda axborot texnologiyalarining o‘rni”, “Dasturlash asoslarini o‘qitish, muammolar va yechimlar”, “Ijtimoiy-gumanitar  fanlarni o‘qitishda zamonaviy innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish”  kabi  mavzularida olib borildi.

                         Mazkur  ilmiy-amaliy  konferensiya  kun  tartibida belgilangan  ilmiy yo‘nalishlarni yanada rivojlantirishga, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirishga,  fan  va  ta’lim  sohalarida  xalqaro  hamkorlikni  rivojlantirishga, ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini uzluksiz ravishda  rivojlantirib borishga va komil shaxsni shakllantirishga o‘z xissasini qo‘shadi.


Ulashish:
1 549
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Future-Ready Curriculum: A Global Transformative Approach” loyihasi doirasida kelajak ta’limi mazmuni muhokama qilindi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan Namoz Karimov malakani oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
Malayziya tajribasi asosida mahorat darslari tashkil etildi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan JDPU o‘qituvchisi, mentor Kenjayeva Sanobar Ibragimovna Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
JDPUda “Talabalar bahori – 2026” festivali galakonserti va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar bahori – 2026” festivali doirasida galakonsert hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.