Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

TALABALARNI UMURTQALILAR ZOOLOGIYASI FANIDAN INTЕRAKTIV DASTURIY VOSITALAR YARATISH VA ULARDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH ASPЕKTLARI

Norquziyeva Madina Sharof qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti o’qituvchisi. Norquziyeva12345@gmail.com ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida umurtqalilar zoologiyasi fanidan zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, talabalarning o’zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash usullari hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan muntazam foydalanish dars samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida ekanligi yoritilgan. Kalit so’zlar: zoologiya, axborot, kompyuter, qo’llanma, metodika, multimedia.   ASPECTS OF PREPARING STUDENTS TO CREATE AND USE INTERACTIVE PROGRAMS IN VERTEBRATE ZOOLOGY ABSTRACT. This article explains that the effective use of modern information technologies in vertebrate zoology in higher educational institutions, the methods of consolidating the acquired knowledge of students, the regular use of modern information and communication technologies are important factors in increasing the effectiveness of lessons. Key words: zoology, information, computer, textbook, methodology, multimedia.   Respublikamizda ta’lim tizimini modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy talablaridan biri talabalarning kompyuter savodhonligi darajasini oshirish, ularni axborot texnologiya vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini orttirishdan iborat. Mazkur masalani amaliy yechimini ta’minlash yo‘llaridan biri pedagogik kadrlar–fan o‘qituvchilarining zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan shu jumladan, kompyuter texnikasidan ta’lim jarayonida muntazam foydalanishini ta’minlashga erishish zarur. Bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari keng joriy etilayotgan jamiyatda barcha fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, talabalar oldiga ularni tez va sifatli egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilimlarni egallash vazifasini qo‘ymoqda. Jizzax davlat pedagogika universitetining “Tabiiy fanlar” fakultetida zoologiya o‘qitishda yangi axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bilan birga, bo‘lg‘usi biologiya o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatlarida mazkur vositalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalarga zoologiya fanini o‘qitishda axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish bo‘yicha orttirilgan tajribalar, moddiy bazasi, didaktik xususiyatlari va ta’lim jarayonida qo‘llash metodikasi bilan tanishtirib borilmoqda. Shuningdek, zoologiyadan elektron o‘quv qo‘llanmalar, internet ta’lim resurslaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, elektron darsliklarni tahlil qilish va talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish maqsadida “Bilim olishning intellektual tizimini yaratish va joriy etish” amaliy tadqiqot doirasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Talabalarning o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash hamda “darsni dasturiy qo‘llab-quvvatlash” maqsadida ularga quyidagicha topshiriqlar taqdim etiladi:
  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalaniladigan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxatini to‘ldirish.
  2. Elektron darslik yoki o‘quv-metodik qo‘llanmalardagi (muayyan mavzular yoki yaxlit bo‘lim bo‘yicha) nazariy materiallar hajmi va ilmiyligini aniqlash: a) matn hajmi, ilmiyligi, tushunarliligi va suxandon nutqi ravonligi; b) tasviriy materiallar (rasm, sxema, jadval, xarita, videolavha va animatsiyalar) sifati, joylashtirilishi va ilmiyligi; v) o‘zlashtirish apparati (materiallarni mustahkamlash uchun test savollari banki, interaktiv, muammoli vaziyatli, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari)ning ta’minlanishi; g) qo‘llanmalarda materialni bayon qilish mantiqi; d) matn ma’lumotlarini videoqator va tovush bilan hamohang o‘zaro muvofiq kelishi;
  3. Qo‘llanma muallifining metodik ko‘rsatmalari bilan tanishtirish.
  4. Qo‘llanmaning didaktik qiymati haqida va ta’lim muassasalarida foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida xulosa yasash. Ta’limiy dasturlardan foydalanish bo‘yicha shaxsiy metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
Biologiya darslari davomida talabalarda quyidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga alohida e’tibor berildi: –        multimedia taqdimotlar yaratish (ekranda tayanch tushunchalar, sxemalar, illyustratsiyalarni yoritish, ovoz berish va h.k.); –        ma’lumot va tasviriy materiallarni Internetdagi biologik saytlardan qidirish va ularning ilmiyligini baholash; –        Web saytlar yaratish. Biologiya darslarida talabalarni “darsni qo‘llab-quvvatlash” dasturini mustaqil tayyorlash, mavjud elektron qo‘llanmalar ssenariysini o‘zgartirish va to‘ldirish, pedagogik amaliyotga tegishli bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlashga yo‘naltirib boriladi . Biologiya darslarida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish oliy ta’lim tizimini axborotlashtirish talablariga muvofiq quyidagilarni ta’minlaydi: o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilganligi; ma’lumotlar bazasini ilmiy va kasbiy talablarga muvofiq interaktiv egallashga erishish; multimedia texnologiyasining zamonaviy imkoniyatlari yordamida talaba faoliyati motivatsiyasini orttirish; talabalarni o‘qitishning axborot muhitini yaratish. Va nihoyat, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish bilim, ko‘nikma va malakalarini orttirish natijasida talabalar kurs va bitiruv malakaviy ishlarini mustaqil ravishda multimediali ko‘rinishda tayyorlashni ham uddasidan chiqadi. Albatta, oliy ta’lim muassasalarida biologiyani o‘rganishda kompyuter va Internet texnologiyalarini qo‘llash bugungi kunda yetarlicha talab darajasida emas. Buning sabablari: kompyuter texnikasining yetarli emasligi; pedagoglarning kompyuter savodxonligi bo‘yicha yetarli bilimga ega emasligi (ayniqsa, katta yoshdagilarni kompyuterdan foydalanishning yuqori darajada samaradorligini bilsada, undan foydalanish hohshini yo‘qligi); talabalarning bir tomonlama kompyuter savodxonligi, kompyuterni manbaga ulash va ko‘ngilochar saytlardan nariga o‘tmaslik; referatlar, mustaqil ishlarni, talabaning mehnatsiz, izlanishlarsiz tayyor holatda Internetdan olishiga yo‘l qo‘yilishi; Internetdagi pornografik, insoniylikka yot va zo‘rlash mavzusiga aloqador resurslar talabalarning ijobiy xislatlariga salbiy ta’sir o‘tkazishini nazarda tutgan holda undan foydalanishni taqiqlashi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish talabalarni zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini talab darajasida  egallashiga erishish, axborot kompetentligini rivojlantirishni taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanishning didaktik va metodik ta’minotini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : (REFERENCES)
  1. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” // Barkamol avlod − O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq”, 1998. − B 5.
  2. Abduqodirov A.A. Ta’lim tizimida masofali o‘qitish texnologiyasi // Fizika, matematika va informatika. – T.: 2005. – №3. – B. 17–23.
  3. Ergasheva G.S. Biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanishni takomillashtirish// Toshkent 2018. – 42-50.
  4. Norquziyeva M.Sh. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Umurtqalilar zoologiyasi” fanini rivojlantirish tendensiyalari//International conference on innovative development of education. 2022/18