Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/03/2023
Chop etish
Talabalar turar joyida sumalak sayli bo‘lib o‘tdi.

          Bahor, qalblarga iliqlik, ko‘ngillarga orzu-umid bag‘ishlovchi fasl…eng nafis, eng go‘zal, talaffuz etilishida ham o‘zgacha ma’no borday go‘yo. Bahor kirib kelishi bilan yurtimizda sumalak sayli ham boshlanib ketadi. Kecha universitetning 1-sonli TTJda sumalak sayli boshlandi. Sumalak sayli – shoira Zulfiyaxonimning tavallud kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan nazm kechasiga ulanib ketdi. Nazm kechasida shoira ijodidan namunalar o‘qildi. Ko‘rgazmalar tashkil etildi. Sumalakning totli ifori barchani o‘ziga rom etdi. Sumalak saylida talabalar ijrosida go‘zal qo‘shiqlar yangradi, laparlar aytildi, mehmonlarga bayramona kayfiyat baxsh etildi.


Ulashish:
1 563
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.