Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/12/2023
Chop etish
Talabalar shirin mehrlarini bolajonlarga ulashishdi.

32-sonli yordamchi maktab internatida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbir maktab-internat bolalari ko‘nglini shod qildi.

Xabaringiz bor, Jizzax davlat pedagogika universitetida 3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Yaxshilik va quvonch baxsh et” shiori ostida “Shirin tilak, shirin sovg‘a”xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

“Talabalar media guruhi” tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu aksiya 27-noyabrdan 1-dekabrga qadar davom etdi. Ana shu davr mobaynida ko‘ngilli professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar imkoniyati cheklangan bolajonlarga o‘z mehrini bildirish maqsadida maxsus qutiga dil istaklar yozilgan shirinliklarni tashlashdi. Kuni kecha «Shirin sovg‘a va shirin tilaklar» maxsus qutisidagi barcha shirinliklar Jizzax shahridagi 32-sonli yordamchi maktab internatida tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan bolajonlarga sovg‘a qilindi.

Tadbirda shuningdek Pedagogika va psixologiya fakultetining “Maxsus pedagogika “ kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etib, ko‘ngli siniq bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatish har bir kishining insoniy burchi ekanligini tayyorlab kelgan sahna ko‘rinishlari va sovg‘a-salomlari bilan namoyon etishdi.

 

Bundan tashqari, Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limi rahbari R.Yarmatov ham maktab internatidagi boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilariga alohida sovg‘alar ulashdi.

“Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va bolalar bilim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar savobli amallar ekanini bayon etadi. Har bir inson shunday bolalar o‘zini namoyon qilishi uchun sharoitlar hozirlashga o‘z hissasini qo‘shishi lozim, toki ular o‘qishda, ishda, ijodda, ijtimoiy faoliyatda o‘zini topa olsin. Shukr, yurtimizda farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda. 3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni arafasida mana shunday xayriya tadbirining o‘tkazilishi xayrli bir ish bo‘ldi deb hisoblayman”-deydi Magistratura bo‘limi rahbari R.Yarmatov. Tadbir davomida ilm maskanining badiiy dastasi a’zolari ijrosidagi jozibali raqslar hamda Jizzax davlat pedagogika universitetida musiqiy yo‘nalishda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning diltortar qo‘shiqlari kecha fayziga yanada fayz kiritdi.


Ulashish:
1 128
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...