Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
09/10/2025
Chop etish
Talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi seminar-trening o‘tkazildi.

2025-yil 9-oktabr kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti Sirtqi ta’lim bo‘limining Biologiya yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE)” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir GRACE dasturi asosida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asosida o‘tkazilib, talabalarda korrupsiyaga qarshi dunyoqarashni shakllantirish, halollik, mas’uliyat va adolat tamoyillarini chuqur anglashga yo‘naltirildi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilarga korrupsiya tushunchasi, uning turlari va javobgarlik masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ichki tartib-qoidalarni va fan sillabuslari mazmunini yetarli bilmaslik ham ayrim akademik korrupsiya holatlariga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida misollar asosida tushuntirishlar berildi.

Tadbirda Prezidentimizning 2025-yil 5-mart kuni so‘zlagan tanqidiy-tahliliy ma’ruzasi mazmun-mohiyati ham yoritilib, unda ta’lim tizimida halollik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Tarbiya” fani doirasida talaba va o‘quvchilarga halollik, birovning haqiga hiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalarni sodda tilda tushuntirishning samarali usullari haqida fikr yuritildi. Tadbirda “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori) bo‘yicha ham tushunchalar berildi.Seminar yakunida talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik mas’uliyati va halollik madaniyatini qaror top har bir yoshning shaxsiy burchi ekanligi ta’kidlandi.


Ulashish:
1 938
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.