Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/10/2025
Chop etish
Talabalar “Ayol” spektaklida.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida yozuvchi Halima Ahmedovaning mashhur “Yarimta olma” asari asosida rejissyor Baxtiyor To‘rayev tomonidan sahnalashtirilgan “Ayol” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tomoshaga Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari ham tashrif buyurib, teatr san’atining yuksak mahorati va sahna ijrosidan chuqur taassurot oldilar. Spektaklda ayol taqdiri, uning ruhiy iztiroblari, muhabbat va sadoqat yo‘lidagi kurashi chuqur badiiy ifodada yoritildi. Asardagi “yarimta olma” ramzi orqali ayolning butun bo‘la olmagan orzulari, his-tuyg‘ulari va jamiyatdagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.

teatrga tashrif buyurgan talaba yoshlar ijro orqali ayolning nafaqat hayotdagi o‘rni, balki uning ruhiy og‘rig‘ini ham his qilishdi. Sahna asari ayolning “ichkaridan og‘riq bilan jim yig‘lashi” so‘ngida iroda va sabri bilan kuchli obraz sifatida gavdalanishi namoyish etilgan.

Spektakl o‘zining badiiy ahamiyati bilan ham alohida e’tiborga sazovor. Asar va sahna ko‘rinishi orqali ijodiy jamoa o‘zbek adabiyoti va teatr san’atida ayol ruhiyatini ochishga qaratilgan muhim qadamni tashladi. Ular jamiyatdagi ayol haqidagi ayrim stereotiplarni buzishga, ayolning kuchli va jasur qiyofasini namoyon etishga harakat qildilar.

Talabalar bu spektakl orqali nafaqat teatr san’atidan zavq oldilar, balki inson ruhiyati va ayolning ichki dunyosi haqida yangi tafakkurga ega bo‘ldilar.


Ulashish:
1 040
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yapon tili va madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Universitetning Bog‘ishamol kampusida o‘tkazilgan tadbirda Yaponiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar, xorijlik mehmonlar hamda “Nagoya–O‘zbekiston do‘stlik jamiyati”Umida Ashurova rahbari ishtirok etdi.
JDPUda Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy lingvistikaga bag‘ishlangan 16-xalqaro FLTAL konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy lingvistikaga bag‘ishlangan 16-xalqaro FLTAL konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. 25 ta davlatdan 200 ga yaqin mahalliy...
16-xalqaro FLTAL konferensiyasi o‘z ishini sho‘balar kesimida davom ettirdi.
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar va ishtirokchilar turli yo‘nalishlarga bo‘lingan holda ilmiy sessiyalarda ishtirok etib, taqdimotlar tingladilar. Ularda ikki va ko‘p tillilik, translingvizm, til o‘rganish va...