Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/11/2023
Chop etish
Talaba nima uchun media savodli bo‘lishi kerak ?  

Nima uchun bugun biz mediasavodli bo‘lishimiz kerak, post- haqiqat nima va o‘zimizda mediasavodxonlikni qanday rivojlantirishimiz kerak?

JDPUda “Talabalar media guruhi” a’zolari uchun tashkil etilgan seminar-trening ana shu mavzular doirasida bo‘lib o‘tdi.

Dastavval “Talabalar media guruhi” haqida. “Talabalar media guruhi” Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim olish bilan birga mediasavodxonlikka qiziquvchi talaba yoshlardan iborat jamoadir. Jamoa qanday ishni amalga oshiradi? Bu jamoani shakllantirishdan maqsad nima?  Uning vazifasi –   Talaba-yoshlarni yangiliklar, qiziqarli ma’lumotlar, jumladan, oliy ta’lim va mehnat bozori sohasidagi yangiliklar bilan tezkor xabardor qilib borish, bir jamoa bo‘lib ishlash manipulyatsiya va tashviqotga qarshi immunitetini oshirishda o‘z hissasini qo‘shishdir. Xo‘sh bu qanday amalga oshiriladi?  Ularni o‘qitish, o‘rgatish orqali.

Biz aynigan ovqatni yemaymiz. Juda yog‘li yoki juda achchiq taomni iste’mol qilmaymiz. Albatta, bu masalada insonni o‘zi nimani tanlashini hal qilishi kerak. Axborotlar ham xuddi shunday. Turli ta’mli mahsulotlar tanlanishi mumkin, ammo aynigan ya’ni yolg‘on ma’lumotlarga ega bo‘lish, ularni o‘qish, iste’mol qilish kerak emas. Biz fast fudni iste’mol qilsak nima bo‘ladi? Albatta ortiqcha vaznni orttirib olamiz.Natijada sog‘lig‘imizga zarar yetadi Xuddi shunday  sifati past va yolg‘on ma’lumotlarni o‘qisak, noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lamiz.

Bugun internet tarmog‘ini egallab olgan ba’zi firibgarlar bizni aldab ketishi ham mumkin. Ularga aldanib qolmaslik uchun nima qilishimiz kerak? Feyk va soxta ma’lumotlarni qanday aniqlash mumkin?  Fotoapparatdan samarali foydalanish usullarini bilasizmi? Qo‘lingizdagi oddiy smartfon sizga eng qulay yordamchi bo‘lishi mumkinligini sezganmisiz? Mobil reportyor kim? Notiqlik san’ati nima? Ikki kun davom etgan treningda  media-trenerlar ana shu mavzular doirasida  mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Kuchli mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminar so‘ngida faol talaba yoshlar taqdirlanishdi.

 


Ulashish:
1 539
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.