Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/11/2025
Chop etish
“Tadqiqotchilik va kreativ sa’y-harakatlarni qo‘llaymiz” 10-Xalqaro talabalar simpoziumi boshlandi.

Bugun “Tadqiqotchilik va kreativ sa’y-harakatlarni qo‘llaymiz” mavzusidagi 10-Xalqaro talabalar simpoziumi o‘z ishini boshladi. Simpozium talaba-yoshlar o‘rtasida ilmiy munozaralar olib borish, og‘zaki taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbirni Ipak yo‘li Tadqiqot akademiyasi raisi Azamat Akbarov ochib berdi. Shundan so‘ng so‘z Oliy ta’lim Senatining “Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash” qo‘mitasi raisi, professor Bahrom Abdullayevga berildi. U o‘z nutqida simpoziumning yoshlar uchun muhim ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Simpozium ishtirokchilariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ham o‘z tabrik va tilaklarini yo‘lladi.

Tadbirda simpozium tashkilotchilaridan biri — universitet rektori Maqsudjon Yuldashev ham so‘zga chiqib, universitetning 2030-yilgacha mo‘ljallangan rivojlantirish konsepsiyasi haqida ma’lumot berdi. Ushbu jarayonda talabalarning ijtimoiy faolligi benihoya muhim ekanini alohida ta’kidladi.

 

 

Shundan keyin Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Maykl Houlgeyt (Michael Houlgate) ham ishtirokchilarni qutlab, barcha yoshlarga omad tiladi.

Xalqaro simpozium o‘z mazmun-mohiyati bilan yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


Ulashish:
1 263
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...