Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/02/2025
Chop etish
Tadbirkor bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tabiiy fanlar fakulteti, Zoologiya va anatomiya kafedrasi tashabbusi bilan «Do‘stlik» ordeni sohibi Paxtakor tumanidagi «Best Gold Crown» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Hayitov Akbarali ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida Yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanib, ishbilarmonlik salohiyatini namoyon etib kelayotgan tadbirkorlardan biri Akbarali Hayitovdir.

Hozirda u uy sharoitida Kaliforniya qizil chuvalchangini ko‘paytirish bilan birga shampinon turidagi qo‘ziqorin yetishtirish bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. Tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda tadbirkor o‘z ish faoliyati, ish jarayoni Kelgusida yoshlarni yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlash kabi bir qator rejalari xususida so‘zlab berdi.


Ulashish:
649
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.