Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/03/2023
Chop etish
Sumalakdan tosh topdim…

Sumalakdan tosh topdim,

Bir parcha quyosh topdim.

Ko‘ksimda yondi umid,

Bir ajib sirdosh topdim»

Xa sumalakni kim ham yoqtirmaydi deysiz.

Yurtimizda Navro‘z shukuhi kezib yuribdi. Jizzax davlat pedagogika universitetining Maktabgacha ta’lim fakulteti birinchilardan bo‘lib universitet hovlisida sumalak saylini boshlab yuborishdi.Bahor kelishi bilan barchamiz sog‘ingan bahoriy taomlar ham tayyorlanib, ko‘nglimizga iliqlik, dillarga hushlik olib keladi. Sumalak saylini barchamiz intiqib kutishimiz tabiiy albatta. Mazkur taom tayyorlanish jarayonining o‘zi ham bir an’ana tusiga kirgan. Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi tomonidan bu yil o‘zgacha kayfiyat bilan tansiq taom tayyorlash maqsadida qozon osilib, unga mehr berib o‘t qaladilar. Suratlarda ko‘rib turganingizdek fakultet dekani bosh qolganlar yonbosh bo‘lib  sumalak kovlashmoqda.

Fakultetdagi chaqqon ayollar tezda supra-taxta atrofida mazali pishiriqlarga unnay boshlashdi. Doshqozonda qaynayotgan sumalak uchun tosh tashlab, uni mehr bilan kavlash jarayonida ishdan tashqari samimiy suhbatlar qurildi. Ayniqsa hangomalar-u laparlar kuylanib, bahor sog‘inchi shu onda bir oz bosilgandek bo‘ldi. Ko‘klamoy tashrifi o‘yin kulgular bilan tonggacha  davom ettiriladi. Kun davomida qaynatilgan «bol» taom kech sari usti yopilib, shira kirishi uchun oromga ketkazildi. Mehr bilan doshqozonda sumalak qaynashini ko‘rishni istasangiz, Sumalak sayliga marhamat qiling….


Ulashish:
1 707
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.