Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/04/2026
Chop etish
“Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida sport tadbirlari boshlandi.

Barcha oliy ta’lim muassasalarida aprel va may oylari “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida shanba — ijtimoiy faollik kuni doirasida talaba-yoshlar ishtirokida ommaviy sport tadbirlari tashkil etildi.

Universitet hududidagi sport maydonchalari voleybol, basketbol, futbol, yengil atletika hamda stol tennisi musobaqalari bilan gavjum bo‘ldi.

Mazkur tadbirlar “Giyohvandlikka qarshi kurash” hamda “Sog‘lom hayot uchun” shiorlari ostida o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
547
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...