Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/05/2025
Chop etish
Silk Road Research Academy asoschisi, professor Azamat Akbarov rektor bilan uchrashdi.
Universitetga Silk Road Research Academy asoschisi, Professor Azamat Akbarov tashrif buyurdi. Professor Azamat Akbarov universitet rektori Sh.S.Sharipov bilan uchrashuv chog‘ida tashrifidan ko‘zlangan maqsadlarga to‘xtalib o‘tdi.
Tashrifdan maqsad o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali kelgusida rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilg‘or tajribasini o‘rgangan hamda universitetning mutaxassislarga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda o‘quv rejalari, fan dasturlari, o‘quv adabiyotlari, shu jumladan o‘quv-metodik komplekslarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilishni o‘zaro hamkorlikda amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikning kelgusidagi rejalarini muhokama qilishdi. O‘zaro muloqot jarayonida universitetning ta’lim yo‘nalishlarida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish va qo‘llash, hamkorlikda konferensiya, forumlar, simpozium va seminarlar o‘tkazish, universitet o‘qituvchilarining markazda amaliy tadqiqotlar o‘tkazishiga sharoit yaratib berish, professor-o‘qituvchilarning amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqotlarini tijoratlashtirishda hamkorlik qilish, shu bilan birga, taklif va mulohazalarni o‘rganib har bir yo‘nalish bilan alohida hamkorlik tashkil etishga kelishib olindi.


Ulashish:
890
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.