Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/09/2026
Chop etish
Sayiljoyi akademik litseyida Bilimlar kuni tantanali nishonlandi

Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Sayiljoyi akademik litseyida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

800 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy ta’lim muassasasiga bu yil 416 nafar yangi o‘quvchi qabul qilinib, ular uchun yangi bilim va imkoniyatlarga boy ta’lim jarayoniga ilk qadam qo‘yildi.

Tadbirda JDPUning o‘quv ishlari va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari ishtirok etib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdilar. Yangi o‘quvchilarga bilim olishda muvaffaqiyat, izlanish va yuksak natijalar tilab, litsey jamoasiga ta’lim sifatini yanada oshirish borasida ezgu tilaklar bildirildi.

Tantanali marosimda ota-onalar ham so‘zga chiqib, farzandlari uchun yaratilgan ta’lim va tarbiya sharoitlaridan mamnunliklarini bildirdi.

Bilimlar kuniga bag‘ishlangan tadbir davomida o‘quvchilar va ijodiy jamoalar ishtirokidagi badiiy dastur namoyish etilib, bayramona kayfiyat yanada ko‘tarildi.


Ulashish:
724
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.