Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/05/2024
Chop etish
“San’at yoshlarni birlashtiradi” nomli hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasida Jizzax davlat pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan “San’at yoshlarni birlashtiradi” deb nomlangan hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti tomonidan ustoz-shogirdchilik an’analarini davom ettirish, yosh iste’dodlarni kashf etish va ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, san’at olamida yangi qo‘shiqlar yaratilishini rag‘batlantirish borasida doimiy ravishda ish olib borilmoqda.

Hisobot konsert dasturi avvalida bir qator iqtidorli talabalar esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

Bundan tashqari, mazkur dasturda yil davomida Muassasa tomonidan tashkil etilgan «Artist-2024» loyihasida saralab olingan iste’dodli yoshlar ham sahnaga chiqishdi. Dastur davomida yangragan qo‘shiqlar va sahnalashtirilgan chiqishlar muxlislarga bayramona kayfiyat taqdim etdi. Shu kuni jizzaxlik yoshlar chinakamiga yayrashdi.


Ulashish:
990
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.