Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2025
Chop etish
Samarqand sayohati — zavq va ilhom manbai.

Jizzaxdan Samarqandgacha bo‘lgan 107 kilometrlik masofa bu gal universitetimiz jamoasi uchun nafaqat yo‘l, balki yaxshi kayfiyat va ilhomga to‘la sayohat yo‘li bo‘ldi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan har haftaning shanba va yakshanba kunlari xodimlar uchun turli sayohatlar tashkil etilmoqda. Bu galgi manzil — mo‘jizalar shahri, tarix va madaniyat beshigi bo‘lgan Samarqand shahri bo‘ldi.

Universitetimiz Axborot-resurs markazi jamoasi 107 kilometrlik yo‘lni bosib o‘tib, Samarqandning tahsinga sazovor ziyoratgohlari va go‘zal maskanlarini tomosha qilishdi. Sayohat juda mazmunli o‘tganini suratlarga nazar tashlab ishonch hosil qilasiz.

Aytishlaricha, boshqa oliygohlarning professor-o‘qituvchilari ham bu kabi tashabbuslarga havas bilan qarayapti ekan

“Qani edi biz ham shu universitetda ishlasak…” deyishmoqda ular havas bilan.

Shunday ekan, azizlar, universitetimizga ham, rahbariyatimizga ham, kasaba uyushmamizga ham ko‘z tegmasin! 💐


Ulashish:
1 350
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...