Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/05/2025
Chop etish
Rossiya-Kirg‘iz biznesni avtomatlashtirish boshqaruv instituti va Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
Rossiya-Kirg‘iz biznesni avtomatlashtirish boshqaruv instituti (RKIAUB) 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Qirg‘izistonning Bishkek shahrida joylashgan. U Osh davlat texnologiya universitetining filiali sifatida faoliyat yuritadi va biznesni avtomatlashtirish hamda boshqaruv sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.

Bugun universitetga  institut direktori professor Erkegul Biymirsayeva va dotsent Cholpon Rispayeva  tashrif buyurib, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun fakultet jamoasi bilan o‘zaro fikr almashdilar.

 

Tadbir Maktabgacha ta’lim fakulteti sa’y-harakatlari bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda akademik mobillik, hamkorlik loyihalari va onlayn ma’ruzalar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu uchrashuv tajriba almashish va kelgusi samarali hamkorlik uchun muhim baza yaratdi.

Tomonlar uchrashuv so‘ngida esdalik sovg‘alar bilan almashishdi va hamkorlikning yangi bosqichini boshladi.


Ulashish:
864
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.