Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/12/2023
Chop etish
 “Rektor va talabalar uchrashuvi”

 Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov Tibbiyot fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda shuningdek  fakultet talablari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

-Shifokorlik inson hayotiga daxldor, o‘ta mas’uliyatli va mashaqqatli, eng sharafli kasblardandir,-deydi universitet rektori Sh.Sharipov, Shu bois, bugun xalq salomatligi yo‘lida, fidoyilik bilan mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari har qancha e’zozga, e’tirofga munosib. Oq xalat kiygan odamni ko‘rganimizda, biz darhol tibbiyot muassasasi xodimi bilan muomala qilayotganimizni anglaymiz. Tibbiyot xodimlari nega oq xalat kiyishini va ushbu maxsus ust kiyim paydo bo‘lganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmaganligini bilasizmi?”

 Uchrashuv universitet rektori tomonidan berilgan  ana shu savollar bilan boshlandi. Mavzuga daxldor fikrlar va takliflar muhokamasi bilan davom etgan uchrashuvda oliygoh rektori o‘zining kerakli tavsiyalarini berar ekan, o‘zi ham bolaligida shifokor bo‘lishni orzu qilganini, ammo keyinchalik qiziqishlari texnika fanlariga ortganligini ta’kidlab o‘tdi.

    “Jizzax viloyatida tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyoj 2020-yilda boshlangan pandemiya davrida sezilarli darajada o‘sganligi, Statistik ma’lumotlar tahlillariga murojaat qilinganda XX asrda insonlar orasida 4000 yaqin turli kasalliklar qayd etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich XXI asr boshlaridanoq 5000 ga yaqinligi e’tirof etilmoqda. Bu kasalliklarni oldini olish va davolash uchun albatta malakali tibbiyot xodimlari zarur, lekin ayni paytda malakali shifokorlarning yetishmasligi asosiy muammolardan hisoblanadi. 2021-yil o‘quv yili boshidan Jizzax davlat pedagogika universitetida Tibbiyot fakulteti ikki yo‘nalishda Davolash ishi hamda Pediatriya ishi yo‘nalishlarida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishlarda 250 ga yaqin talabalar tahsil olib kelmoqda.

 

Rektor va talabalar uchrashuvi so‘ngida fakultet talabalari mavjud shart-sharoitlar va undagi kamchiliklar, adabiyotlar yetishmasligi, mavjud adabiyotlarning ham soni cheklanganini, boshqa tibbiyot oliygohlari bilan talaba almashinuvini yo‘lga qo‘yish haqida o‘z taklif va murojaatlarini bildirishdi.


Ulashish:
1 112
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...