Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/09/2023
Chop etish
Rektor mashg‘ulot o‘tkazdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Shavkat Sharipov  universitetning Magistrlar bo‘limi 1kurs magistrantlariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi, o‘quv fanlari tizimidagi o‘rni.» mavzusida maʼruza mashg‘uloti o‘tkazdi.Keyingi yillarda mamlakatimizda taʼlimning barcha bo‘g‘inlari, xususan, oliy o‘quv yurtlarida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning puxta bilim olishi va malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish ko‘p jihatdan oliy o‘quv yurti rahbariyati, ustoz va pedagoglarning ilmiy, tashkilotchilik salohiyatiga bog‘liq. Bu borada Jizzax davlat pedagogika universitetida eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, rektor tomonidan o‘tkazilgan noanʼanaviy maʼruza-mashg‘ulot ham ana yo‘nalishdagi ishlarga bir misoldir. Maʼruza ochiq tarzda o‘tildi, unda 1 kurs magistrantlari ishtirok etishdi.

Maʼruzani professor talabalarning avvalgi maʼruzadan olgan bilimlarini suhbat tarzida savol-javob qilishdan boshladilar. So‘ng yangi mavzu eng so‘nggi maʼlumotlar bilan boyitilgan holda interaktiv usulda olib borildi. Maʼruza erkin suhbat tarzida bo‘lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va savollariga to‘liq javob oldilar.

 

Maʼruza yakunida Rektor talabalardan o‘qitish tizimi, xususan maʼruzalarni samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarini so‘radi. Taʼkidlash joiz Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor, prorektor, professor-o‘qituvchilar tomonidan bu kabi mashg‘ulotlarni muntazam o‘tkazilishi belgilangan.


Ulashish:
881
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.