Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/01/2025
Chop etish
Registrator ofisi tomonidan seminar tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi “Barcha oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘qituvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida” gi 457-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushuncha va qoidalar.“Oliy ta’lim tashkilotlarida joriy etilgan axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 412-son Buyrug‘i mazmun-mohiyati va ijrosi, HEMIS axborot tizimiga professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar davomatini amalga oshirish va o‘tilgan darslarni qayd etish tartibi, fan kontentlarini tizimga joylash, fan topshiriqlarini berib borish va baholash tizimi, Auditoriya soatlari miqdorining HEMIS axborot tizimida, auditoriyadan tashqari soatlar miqdorining universitet main.jdpu.uz ichki poshqaruv portalida bajarilishi tartibi mavzulari muhokama etildi.

Mazkur seminar fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarning o‘z kasbiy mahoratlarini oshirishga, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarida joriy etilgan axborot tizimlaridan foydalanishda muhim ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda yordam beradi.


Ulashish:
797
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.