Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/03/2023
Chop etish
Referendum 2023: Maydon uzra ezgulik timsoli bo‘lib hilpirar bayroq…

JDPUda “Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida talabalar forumi bo‘lib o‘tdi.

Bu oddiy forum bo‘lmadi. Bu teran fikrlar, aniq maqsadlar va ezgu g‘oyalarga tutashgan tadbir edi.

Forumga kelgan ko‘pchilik yoshlarni “har doimgi va’zxonlikmi”  degan o‘y qiziqtirar edi. Ammo, unday bo‘lmadi, buni sahnaga chiqqan har bir notiqning dil tubidan samimiy chiqishlariga bildirilgan olqishlardan sezish mumkin edi.

Sahnada Kimdir o‘z hayoti misolida bugungi erishgan yutuqlari va so‘z erkinligini hikoya qilsa, yana kimdir yangilanayotgan konstitutsiyada yoshlar, ta’lim masalasiga alohida bobga kiritilganini to‘lqinlanib gapiradi.

Xullas,  mashhur sa’natkorlar, senatorlar, kino va musiqa san’ati namoyandalari bu  tantanada xizmatda bo‘lishdi. Kino va teatr san’ati ixlosmandalri O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova va O‘zbkeistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullaevalarning chiqishlaridan olam-olam zavq olishdi. Bir so‘z bilan aytganda, forum barcha yo‘nalishlarni qamrab oldi.

Bundan tashqari, Forum  davomida “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi professor Faniya Axmedshina, iqtdorli talabalardan Muqaddas Mamarasulovalar yoshlarni  ham yangilanayotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslikka chaqirishdi.

Qo‘shiqlar kuylandi. Raqslar davrani bezadi.  Vatan, ona-yurtni madh etuvchi taronalar yangradi. Mayin shabodada musiqalarga hamohang tarzda hilpirayotgan bayroqlar maydonga barchani chorlayotgandek edi.


Ulashish:
1 431
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...