Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Rangtasvir darslarida grizayl texnikasida portret ishlashni talabalarga o’rgatish (moybo‘yoqda)

Nurnazarov Xudoyberdi Doniyorovich – JDPU Texnologik ta’lim va tasviriy san’at fanlari kafedrasi  o’qituvchisi.   +99894 348-48-69                                                                                                                                   Annotatsiya Inson boshini tasvirlash, rassomdan  o’ziga xos malaka,  o’tkir nigoh  va tajriba talab etadi.Tajribasiz  talaba portret ishlashni oson deb  o‘ylaydi. Naturadan qalamtasvir ishlagach, uni  o‘ziga  yaqin rang tanlab,  bo‘yab  qo‘yadi. Natija ko‘ngildagidek chiqmaydi. Naturaning tashqi qiyofasida o‘xshashlik sezilsada, to‘laqonli rangtasvir portreti deb bo’lmaydi. Portret rangtasvirida  talaba  butun  bilim va mahoratini    ishga solib, tasvirlanayotgan shaxsning o’ziga xos psixologik holatini aniq  topa bilishi kerak. Kalit so’zlar: grizayl texnikasi, portret, rangtasvir, Tabiiy umbra, etyud, natura.   Inson boshini tasvirlash, rassomdan  o’ziga xos malaka,  o’tkir nigoh  va tajriba talab etadi.Tajribasiz  talaba portret ishlashni oson deb  o‘ylaydi. Naturadan qalamtasvir ishlagach, uni  o‘ziga  yaqin rang tanlab,  bo‘yab  qo‘yadi. Natija ko‘ngildagidek chiqmaydi. Naturaning tashqi qiyofasida o‘xshashlik sezilsada, to‘laqonli rangtasvir portreti deb bo’lmaydi. Portret rangtasvirida  talaba  butun  bilim va mahoratini    ishga solib, tasvirlanayotgan shaxsning o’ziga xos psixologik holatini aniq  topa bilishi kerak. Faqatgina nazariy bilim  bilan savodli tasvir ishlab  bo’lmaydi. Bildirilgan fikrlar  –  portret ishlashda yo‘l  qo‘yiladigan asosiy xatolarning oldini olishga qaratilgandir. Albatta, portret janrida  ijodkor ichki psixologik  holatni  to‘g‘ri ochishga  erishishi  uchun yuksak iste’dod, mahorat va katta tajriba kerak bo‘ladi. Portret rangtasvirini  o‘rganishda sizga bir  qancha tavsiyalar diqqatingizga  havola etiladi. Moybo‘yoqda portret ishlash Grizayl  –  Bu  texnika  bitta  bo‘yoq  bilan  qalamtasvir ishlash demakdir. Aynan mana shu uslub  qalamtasvir bilan rangtasvirni birlashtiradi. Odam boshi tasvirini ishlashda umumiy  qoidalar  bilan birgalikda  o‘tkir, ingichka  qalam va keng, yapaloq  mo‘yqalam shaklni turlicha ifodalashi mumkinligini kuzatamiz. Portret  qalamda ishlanganda shaklni chiziqlar yordamida  qurib, maqsadga erishiladi. Mo‘yqalamda esa yirik shakl ifodasidan mayda detal ishlanmasiga o‘tiladi.  Bo‘rtiqlik ifodasini yaxshi sezmaydigan  tajribasiz  rassom uchun mo‘yqalamda tasvir ishlash odatiy, yuzaki shtrix berishdan foydalidir. Mo‘yqalamda ishlashning afzallik tomonlaridan biri  –  lessirovka usulidir.  Moybo‘yoqda ishlangan  qalamtasvir odatda shu usul bilan  o‘z yakuniga etkaziladi. Lessirovkada  qurigan bo‘yoq  ustidan shaffof yoki yarim shaffof  qatlam berib keskin ishlangan detallar yumshatilib, aniq olinmagan yorug‘-soya munosabatini to‘g‘rilash mumkin.Grizayl uchun to‘q  va iliqroq  rang tanlangani ma’qul (masalan: umbra, mars, vandik). Boshqa bo‘yoqlar, aytaylik  qora, ko‘k,  oq  bo‘yoq  aralashmasida sovuq,  o‘lik tusni beradi. Bu  esa inson chehrasining iliqligiga mos kelmaydi. Moybo‘yoqda portret rangtasvirini ishlashdan oldin tus echimini  hal etadigan bir nechta mashqlar bajarish foydalidir[1]. Bu  mashg‘ulotning maqsadi  –  odam boshining shakl ifodasini  yorug‘-soya munosabatlarda  o‘rganishdir. Grizaylda ishlash uchun odatda 2 ta  bo’yoq  olinadi: tabiiy umbra va oq  «Tabiiy umbra»  o‘rniga umbraning boshqa turlari yoki  «mars jigarrang»  bo‘yog‘ini  ham ishlatish mumkin. Yorqin  qizil  rang yoki yashil, ko‘k bo‘yoqlar tavsiya etilmaydi. Kompozitsiya  –  rassomning ko‘rish nuqtasidan  hamda  o’lcham    hajmidan kelib chiqiladi[2]. Mato  hajmini kichikroq  o‘lchamda tanlash kerak. Agar tanlangan mato katta bo‘lsa model  ham asl  hajmidan kattaroq  chizilsa, tajribasiz rassom  chalg‘ib  qolishi tabiiy. Bosh etyudini ishlash uchun 30×40 sm  o’lcham  tavsiya etiladi. Dastlab  bosh tuzilishi konstruktiv belgilanib, yuz nisbatlariga e’tibor kuchaytiriladi. Xar  –  bir detalga  yorug‘  –  soya, hajm xarakterini ishlab chiqish shart emas. Bu narsa keyinroq  boshning yaxlit shakli  belgilab olingach, mo‘yqalamda aniq  ishlov beriladi. Eng muhimi qalamtasvir boshning umumiy konstruksiyasini aniq belgilab berishi shart. Matoda tasvir  qalamdan ko‘ra ko‘mir  qalamchalarida ishlangani ma’qul. Ko‘mirda tus va  yorug‘-soyaning farqini belgilash  qulay[3]. Bundan tashqari ko‘mir (rezinka)  o‘chirg‘ich  hatto lattada  ham  o‘chiriladi. Ishni nimadan boshlash kerak?  Dastlab  modelni yaxshilab kuzatamiz. Boshning yoritilgan va soya qismini  fonga nisbatan solishtiriladi. Eng yorug‘ va eng to‘q  qismini ajratib, ularni fikran  tahlil etiladi. Masalan, yoritilgan peshona  qismini fonga nisbatan och-to‘qlik nisbatini topish kerak. Blik va eng to‘q  joylar uchun aralashma tayyorlash shart emas. Aralashma yorug‘lik va soyaning o‘rtacha tusi uchun tayyorlanadi. Boshning soya  qismida  fonni belgilab bo‘lgach, ikkinchi tarafini  ham ishlashga  o’tiladi. Endi boshning  yorug‘ qismiga soya va fonga nisbatan solishtirgan  holda bo‘yoq  qo‘ying.  Detallar  ustida ishlash, boshning umumiy shaklini aniqlashtirish, ishning 2-bosqichiga kiradi. Bu bosqichda yuzning detal ishlovini boshning konstruksiyasiga bo‘ysundirgan  holda olib boriladi. Yirik mo‘yqalamlar bilan detallarga  rang  berish,  oson emas. Endi kichik mo‘yqalamlardan foydalanamiz. Mo‘yqalamda  yuza  tekisliklarini bo‘yoq  surtmalarida ifodalash kerak. Bir tekislikdan ikkinchisiga  o‘tishda chegarani silliqlashga uringmang. Balki yanada mayda bo‘laklar orqali birlashtiring. Ko‘zni  ishlayotganingizda kichkina mo‘yqalam bilan  qovoqlarni chizib chiqmang.  Avvalo  ko‘zni  joylashgan  o‘rnini kerakli tusda belgilab olinadi. Tusni belgilashda boshning boshqa ishlangan bo‘laklari bilan solishtirishni unutmang. Joylashgan  o‘rni va xarakterini  topganingizdan keyin ko‘z tasvirini chizishga kirishiladi. Bir ko‘zga ishlov berib, darhol ikkinchisiga  o‘ting. Ularning  qurilishiga e’tiborni susaytirmagan  holda ikkala ko‘zni ham baravar ishlashga harakat qiling. Lablarni bir chiziqda chizib chiqmang. Lab shaklini ham «lepka»  qilish kerak. Chunki unda turli tekisliklardan iborat bo‘rtiqlik mavjud.  Shuning uchun labning  shakliga  qarab bo‘yoq  surtmalar  qo’ying. Labning  shakli mo‘yqalamda  puxta    «yasalib» bo‘lingach, modelning yaxlit ifodasi yo‘qolmasligiga diqqatni  qaratish lozim. Bo‘laklarga ishlov berish bilan ovora bo‘lib, boshning yaxlit ko‘rishini unutish mumkin emas. Detallar alohida  puxta  ishlangan bo‘lsada, ular orasidagi  bog‘lanish  yo‘qolishi mumkin. Bunday  holatni rassom darrov sezadi, shuning uchun  detallarga qancha e’tibor bermang, boshning tasviri  o‘z  o‘xshashligini yo‘qotadi.  Bosh qurilishida  ayrim kichik  xatolar sezila boshlanadi. Qo‘yilgan «blik»lar o‘z holatidan «chiqib» etyud maydalanib ketadi[4]. Soya  qismlari juda to‘q ko‘rinib, go‘yoki bo‘shliqdek tuyuladi. Bu kamchiliklarga sabab, rassom detallarni juda maydalab ishlab yuborib, umumiy ko‘rish imkoniyatini yo‘qotib  qo‘yganligidadir. Bunday xatolarga yo‘l  qo‘ymaslik uchun detallarga ishlov berganda doimo umumiy  holatni kuzatib, solishtirib turish zarur. Detallarga ishlov berish  jarayonida  u boshqa bo‘laklar bilan  uyg‘unlashib, umumiy ko‘rinishga halaqit bermasa maqsadga muvofiq bo’ladi.Tajribali pedagog  –  rassom P.P.Chistyakov shunday  deydi:    «Rasm ishlayotganingizda chizayotgan chizig‘ingizga emas,  qalamning uchiga  qarang». «Bosh tasvirini  ishlayotganingizda tovonni ko‘rib turishingiz kerak», yoki «ko‘zni chizayotganingizda quloqqa qarang» kabi. Demak rassom uchun eng zaruri naturani yaxlit ko‘ra bilish xususiyatini rivojlantirishdir. Aytaylik, siz  burunni  ishlay boshladingiz. Unga diqqat bilan  qarang. Burunning rangi va shaklini ifodalashga harakat qiling. Burun ham yorug‘lik chegarasiga, soya, yarimsoya va turli ranglar shu’lasiga ega. Mana shu  yerda tajribasiz rassom xatoga yo‘l  qo‘ydi. Rassom burunga tikilganicha  u ham bosh shaklining bir bo‘lagi ekanligini unutib yaxlit qaramaydi. Detalga ishlov berganda umumiylikdan chiqib ketmaslik uchun  nima qilish kerak?  Buning uchun umumiy shaklni hech qachon ko‘zdan  qochirmaslikni o‘rganish kerak. Bu oson ish emas! Rassom uchun kerakli bo‘lgan bu xususiyatni uning  o‘zigina tarbiyalay oladi. Buning uchun doimo  hushyor turish kerak. Detalga  biroz  ishlov berdingizmi, uni umumiy ko‘rinish bilan solishtirishni unutmang.  Yo‘l  qo‘ygan xatolarni tuzatish uchun, tasvirni yaxlit ko’rish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon ishning uchinchi bosqichi bo‘lib xizmat  qiladi.  Bu bosqichda kattaroq  mo‘yqalam bilan  etyudingizning ba’zi joylarini  qaytadan erkin,  qo‘rqmasdan yozing.  Eng yorug‘  va eng to‘q  joy etyudingizning boshqa  qismlarida takrorlanmasligi kerak. To‘q  deb belgilangan soya  qora va xira ko‘rinmasligiga erishing. Qo’yilmani umumlashtirganingizda uning  hamma  qismini  quyuq  yozib chiqish shart emas. Lessirovka (suyuq  rangqoplama) usulida bo‘yoqning shaffof va yarim shaffof  qatlamidan foydalanib  ham ishni maromiga etkazish mumkin[5]. Grizayl usulida bir nechta etyudlar ishlaganingizdan keyin mo‘yqalamda shakl yasashni  o‘zlashtirib olasiz. Endi siz «bo‘yash» bilan emas,  balki  bo‘yoq surtmalarda  «mazok»  ishlashni o’rganib    oldingiz. Etyudni bosqichma-bosqich ishlab,  umumiylikdan  yakkaga,  qarab ishlashni shu bilan birgalikda yaxlitlikni saqlab qolish zarurligini ham bildingiz. Etyudlarni bir necha bor turli tomonlardan ishlash zarur hisoblanadi , bu esa o’rganuvchining  ko’rish tezligini oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Toshmurodov. M.E. “Rangtasvir amaliyoti” (dastgohli rangtasvir), O‘quv-uslubiy  qo‘llanma. Elektron resurs. T., “CHashma print”, 2010 y.
  1. Xudayberganov R.A. “Rangshunoslik asoslari”, O’quv qollanma. T., Nashriyot – matbaa ijodiy uyi, 2006 y. 92 b. 3 nusxa.
  2. Xudayberganov R.A.“Tasviriy san’atda rang”, O‘quv qo‘llanma. Elektron resurs.T. TDSI O‘q. Bosmaxonasi, 2004 y. 79 b.
  3. Virgil Elliott. “Traditional oil painting”. Elektron variant. NY., “Watson-Guptill Publication”. 2007 y. 225 p.
  4. Richard Schmid “Alla Prima II” Elektron variant. USA., 2013 y. 193 p.