Jizzax davlat pedagogika universitetida Özbekiston Nogironlar jamiyati Markaziy boşqaruvi raisi Komiljon Abdullayev, iştirokida nogironligi bölgan talabalar bilan uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvdan közlangan maqsad — nogironligi bölgan yoşlarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ta’lim oliş jarayonida duç kelayotgan muammolarini örganiş hamda huquqiy va ijtimoiy kömak imkoniyatlari bilan taniştirişdan iborat.








Ma’lumot uçun, 2026/2027 öquv yilida Jizzax davlat pedagogika universitetida nogironligi bölgan 165 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 85 nafarini xotin-qizlar, 80 nafarini esa yigitlar taşkil etadi.




Muloqot davomida talabalarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qöllab-quvvatlaş, mavjud tösiqlarni bartaraf etiş, huquqiy savodxonligini oşiriş va jamiyat hayotida faol iştirokini ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.


Şuningdek, Özbekiston Nogironlar jamiyati huzurida taşkil etilgan 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan nogironligi bölgan ösmir va yoşlarga möljallangan «Öz-özini anglaş» ijtimoiy-inklyuziv klubi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Klub doirasida yoşlarga psixologik, ijtimoiy va motivatsion kömak körsatiş, muloqot könikmalarini rivojlantiriş, kasbga yönaltiriş hamda huquqiy maslahatlar beriş nazarda tutilgan.




Uçraşuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan hamkorlikni davom ettiriş, nogironligi bölgan talabalarning ta’lim olişi va ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaş muhimligi ta’kidlandi.Uçraşuvda, şuningdek, universitet rahbariyati vakillari, Özbekiston Nogironlar jamiyati raisining birinçi örinbosari Botir Omonturdiyev hamda jamiyatning Jizzax viloyati bölimi vakili Rahmatulla Ahmedov iştirok etdi.
