Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/03/2025
Chop etish
Rahbar ayol imiji qanday bo‘lishi kerak?
JDPU O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘tkazilgan tadbirda rahbar ayol imiji, ya’ni kasbiy, ijtimoiy, oilaviy, shaxsiy imiji kabi sifatlari haqida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, ayol kishining boshqaruv uslubi xotirjamroq, muvozanatliroq, yumshoqroqdir. O‘z ishida qat’iyatlilik, sabr-toqat va maqsadini oxiriga yetkazish qobiliyati yetakchi ayolni muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Tadbirda Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Normurodova, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi H.Ne’matova, shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari Z.Abduvaliyevalar o‘zlarining rahbarlikkacha bo‘lgan hayot yo‘llari, erishgan yutuqlari va qiyinchiliklari, oilani, o‘zini qadrlashi, farzand tarbiyasi haqida talaba qizlarga maslahat hamda tavsiyalar berdilar.

Tadbir davomida mavzuga oid videorolik va taqdimotlar namoyish etildi.

Uchrashuv o‘zaro fikr va mulohazalar, qiziqarli savol javoblarga boy tarzda hamda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.


Ulashish:
462
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ijtimoiy profilaktika va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi
Tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari, universitet profilaktika inspektori, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari, tyutorlar, psixologlar hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
JDPU professor-o‘qituvchilari Malayziyada malaka oshirib qaytdi
Jzzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchilari Malayziyaning UTHM universitetida 11–25-may kunlari tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar bo‘yicha o‘z...
Talaba-yoshlar uchun tarixiy muzeylarga ma’rifiy tashriflar tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 20 nafardan ziyod talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi qator tarixiy va ma’rifiy maskanlarga tashrif tashkil etildi.