Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/12/2024
Chop etish
Quvnoqlar va zukkolar – bu sening imkoniyating.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2024-yilgi mavsum final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning saralash bosqichining 3 ta tur o‘yinlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar Tabiiy fanlar fakultetining «Bojalar», Xorijiy tillar fakultetining «Ovsinlar», O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining «Do‘ppililar» hamda 3 ta tur o‘yinlarida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar orasida eng yuqori ballni to‘plagan Tarix fakultetining «Talabalariga binoan Tarixchilar» jamoalari final bosqichida o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.

Final bahsida 3 ta shart asosida jamoalar quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi:
🥇1-o‘rin: Tabiiy fanlar fakultetining «Bojalar» jamoasi;
🥈2-o‘rin: Xorijiy tillar fakultetining «Ovsinlar» jamoasi;
🥉3-o‘rin: Tarix fakultetining «TBT – talablariga binoan Tarixchilar» jamoasi egalladi.

«Eng quvnoq qiz» va «Eng quvnoq yigit» nominatsiyalari: Tabiiy fanlar fakultetining «Bojalar» jamoasi a’zosi Dilmurod G‘oyibnazarov Xorijiy tillar fakultetining «Ovsinlar» jamoasi a’zosi Ro‘zigul Shamsiyevalarga nasib etdi.

Faxrli o‘rinlar hamda nominatsiyalarni qo‘lga kiritgan jamoalar joriy yil 21-dekabr kuni «Yangi yil karnavali»da diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi.


Ulashish:
760
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.