Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/04/2025
Chop etish
Qozog‘istonlik ustozlar JDPUda
Matematika va informatika fakulteti Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasida o‘quv jarayoniga o‘zaro hamkorlik aloqalari asosida 2024/2025 – o‘quv yili uchun, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish borasida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti “Informatika” kafedrasi bilan kelishuv shartnomasi imzolangan edi.

Kelishuvga ko‘ra matematika va informatika yo‘nalishi talabalari va Ta’limda axborot texnologiyalari yo‘nalishi magistrlari uchun 2024-2025- o‘quv yilining bahorgi semestrida offlayn va onlayn rejimida dars mashg‘ulotlari va seminar-treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 28-29-mart kunlari Janubiy Qozog‘iston universiteti Informatika kafedrasi professor-o‘qituvchilari Jaydaqbayeva Lazzat Kuandikovna va Kemelbekova Janar Satiboldiyevnalar universitetimizga tashrif buyurdilar. Ular matematika va informatika yo‘nalishi talabalariga offlayn rejimda zamonaviy dasturlash tillari, ma’lumotlar bazasi va sun’iy intellekt sohalari bo‘yicha dars mashg‘ulotlari va seminar-treninglar o‘tkazishdilar.

Mehmonlar Universitetimizning kutubxonasi, ARM, “Qatag‘on davrlari muzeyi” larida va Navro‘z sayliga ham qatnashib bayramona taassurotlarga ega bo‘lishdi.


Ulashish:
698
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.