Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

QALAMTASVIR VA UNING MAQSAD-VAZIFALARI

Тoxirjon Oltmishev Turgunovich- JDPU katta o’qituvchisi. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi.         oltmishevtohir@gmail.com Annotasiya: Qalamtasvir – nafaqat tasviriy san’at turlarining asosi hisoblanadi, balki arxitektura va amaliy san’at  va uning  barcha turlarining ham asosidir.   Rassom tasviriy san’at turining qaysi janrida ijod qilmasin eng avvalo qalamtasvirga asoslanadi. U o‘zining kuzatishlari, katta asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avval qalamda dastlabki qoralamalar bilan ifodalaydi. Kompozitsiyalar yaratishda ushbu qoralamalar rassomga  asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Rassom xar qanday tasviriy san’at asarini yaratishni qalamda chizishdan boshlaydi. Keyin asarga ranglar beriladi va u tomoshabinga estetik zavq bag’ishlaydi. Kalit so’zlar: Tasviriy san’at, kompozitsiya,akademik,natura, natyurmort, rasm.   Annotation: Pencil drawing is not only the basis of visual arts, but also the basis of architecture and applied art and all its types. No matter what genre of visual art the artist creates, it is primarily based on pencil drawing. He expresses his observations, his researches on the compositions of large works first with preliminary drafts in pencil. When creating compositions, these drafts serve as the main source for the artist. An artist starts creating any work of visual art by drawing with a pencil. Then the work is given colors and it gives aesthetic pleasure to the viewer.Keywords: Fine art, composition, academic, nature, still life, paintingАннотация: Kaрандашный рисунок является не только основой изобразительного искусства, но и основой архитектуры и прикладного искусства и всех его видов. Какой бы жанр изобразительного искусства ни создавал художник, в основе его прежде всего лежит карандашный рисунок. Свои наблюдения, свои изыскания над композицией больших произведений он выражает сначала с предварительными набросками карандашом. При создании композиций эти наброски служат для художника основным источником. Любое произведение изобразительного искусства художник начинает с рисования карандашом. Затем работа раскрашивается и доставляет эстетическое удовольствие зрителю.   Ключевые слова: Изобразительное искусство, композиция, академическое, природа, натюрморт, живопись.   Qalamtasvir – nafaqat tasviriy san’at turlarining asosi hisoblanadi, balki arxitektura va amaliy san’at  va uning  barcha turlarining ham asosidir.   Rassom tasviriy san’at turining qaysi janrida ijod qilmasin eng avvalo qalamtasvirga asoslanadi. U o‘zining kuzatishlari, katta asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avval qalamda dastlabki qoralamalar bilan ifodalaydi. Kompozitsiyalar yaratishda ushbu qoralamalar rassomga  asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Rassom xar qanday tasviriy san’at asarini yaratishni qalamda chizishdan boshlaydi. Keyin asarga ranglar beriladi va u tomoshabinga estetik zavq bag’ishlaydi.Quyidagi rasm (rasm- deb tekis yuzaga qo’lda chizilgan tasvirga aytiladi)larni ko’rib fikrlarimizni idrok etish osonlashadi. .Rassom J.D.Engrning  grafinya Luiza d’Ossonvil portretiga ishlagan qoralamalari va asarning tayyor holatini ko’rishimiz mumkin. [1]   Bir so’z bilan aytganda, qalamtasvirsiz hech bir rassom o‘z asarini yetuk holga keltira olmaydi.Qalamtasvirda ko’plab yetuk rassomlar asarlar yaratishgan va bu asarlarni ko‘plab jahonning turli san’at muzeylari va ko‘rgazmalarid ko’rish mumkin.Masalan; V.A.Serov.Avtoportret, A.Postnov.O’quv qalamtasvir.Qiyofachi boshi portreti shular jumlasidandir.   V.A.Serov.Avtoportret.   A.Postnov.O’quv qalamtasvir.Qiyofachi boshi.   Rus pedagog rassomi P.P.CHistyakov aytganidek  rasm chizish- bu nisbatlarni ko’rish vafikrlash demakdir.Biz tabiatni va bizni o’rab turgan barcha buyumlarni ufq chizig’i va orqa fonga nisbatan ko’ramiz ko‘rib-kuzatib,borliqni idrok etib, qo‘l, ong va sezgilarimiz orqali tasvirlashimiz kerak.Bu kabi ko’nikmalar nafaqat  bo‘lajak  rassomga, balki turli kasb sohasidagi kishilarga hamzarurdir.Uyg‘onish davrining buyuk italiyalik rassomi,matematigi,mexanik va muxandisi, olimi Leonardo da Vinchi mukammal inson namunasi.“Rangtasvir qonunlari” nomli asarida ta’kidlaganidek, yoshlar о‘zlarini ilm-fan, tasviriy san ’atda sinamoqchi bo‘Isalar, avvalo,rasm chizishni mukammal bilmoqlari lozim. Qalamtasvir va akademik(akademik qalamtasvir o’rganish uchun mukammal tugatib ishlangan rasm) qalamtasvir bakalavriat talabalariga I-IV kurslarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, amaliy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda talabalarga nazariy bilim asoslarini berish g‘oyat muhim. Bu bilim bo‘lajak rassom pedagoglaming institutni tugatgandan so‘nggi ilmiy ,pedagogik va ijodiy faoliyatlarida muhim o’rin egallaydi.Borliqdagi narsa va shakllami realistik tasvirlash talabaga amaliy bilim va ko‘nikma beribgina qolmay, balki shuningdek estetik didini  o‘stirish, dunyoqarashini kengaytirish bilan birga ularni  fikrlashga o’rgatadi. Akademik tasvirlash  yosh rassomlarga borliqni haqqoniy obrazlarda ifoda etish mahoratini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.Rasm chizish asoslarini o‘rganish narsaning o‘ziga qarab, metodik ketma-ketlik asosida tasvirlash prinsipiga asoslanadi. Tabiatga muhabbat va o‘ta kuzatuvchanlik, buyumlami to‘g‘ri tasvirlash kabi vazilatlar   tasviriy san’at  bilan shug‘ Bo‘lajak pedagog-rassomlami buyuk rassomlar, tasviriy san’at sohasida ko‘plab nazariy, amaliy bilimlami meros qilib qoldirgan shaxslar hayoti va ilmiy faoliyati bilan tanishtirish, ulaming asarlarini chuqur o‘rgatish hamda asarlaridan nusxatar olishga jalb etish katta ahamiyatga ega.     Adabiyotlar ro’yxati 1.B Boymetov. Qalamtasvir-Musiqa nashryoti-Toshkent 2006.
  1. Abdirasilov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir. T.: O’zbekiston, 2006
  2. Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy san’at. T.: Cho’lpon, 2006.
Oltmishev Toxirjon Turgunovich. Tel: 91 591 49 46   [1] B.Boymetov  “Qalamtasvir” Musiqa nashryoti Toshkent-2006 (5-bet).