Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/02/2026
Chop etish
Qadrli talabalar! Aziz yoshlar!

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid masalalar davlat darajasiga ko‘tarilgani, siz kabi bilimli, shijoatli va innovatsion fikrlaydigan avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani barchamiz uchun katta imkoniyatdir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda oliy ta’lim tizimi va talabalar hayoti uchun juda muhim bo‘lgan muhim tashabbuslar ilgari surildi. Ushbu tashabbuslar, avvalo, yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kreativ g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib hayot sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Ayniqsa, har hafta payshanba kunlarining “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi davlat idoralari va ta’lim muassasalarining yoshlar bilan yaqin hamkorligini yanada mustahkamlaydi.
Talabalarimiz uchun tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida keng imkoniyatlar ochilmoqda, jumladan, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ ajratilishi, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdorining 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshirilishi, yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish imkoniyati kengayishi hamda innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat berilishi sizlarning innovatsion g‘oyalaringizni amaliy biznes loyihalarga aylantirishingizga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ajratilishi, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz mablag‘lar taqdim etilishi yoshlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga ko‘mak beradi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘tgan 2025-yilda Jizzax davlat pedagogika universitetidan “Kelajakka qadam” dasturi asosida 113 nafar bitiruvchi talabaga 2 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Oliy ta’lim tizimida o‘qish bilan birga amaliyotni kuchaytirish ham ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. “Mening birinchi kasbim” dasturi orqali bitiruvchilarning stajirovka imkoniyatlari kengayishi, stipendiyalar ajratilishi talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, xorijiy tillarni o‘rganish, xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etish, ilg‘or davlatlar tajribasini o‘zlashtirish bo‘yicha ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xorijiy nufuzli ta’lim markazlari bilan hamkorlikda yoshlarni o‘qitish va malaka oshirish tizimi yanada takomillashmoqda.

Yoshlarimizning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, volontyorlik harakatini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish ham davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Yoshlar ishlari agentligi huzurida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil etilib, unga har yili davlat byudjeti hisobidan 62 milliard so‘m ajratilishi, yoshlarning eng yaxshi volontyorlik loyihalari uchun 100 million so‘mgacha grantlar berilishi hamda “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali iqtidorli yozuvchilarga ijod uchun oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanishi yosh avlodning ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Uy-joy masalasida yosh oilalar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimining joriy etilishi sizlar uchun katta imkoniyat bo‘lib, uy-joy ipoteka kredit stavkasining 14 foizdan oshgan qismi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi nazarda tutilgan.

Aziz talabalar!.

Kelajagimiz — sizlarning qo‘lingizda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida faol, bilimli va tashabbuskor yoshlar bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan siz aziz yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga, o‘z bilim va salohiyatingizni yurt taraqqiyoti yo‘lida namoyon etishga chaqiraman.

 
Hurmat bilan, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Yuldashev Maqsudjan Abdullayevich.


Ulashish:
1 730
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Bahorgi semestr” imtihonlarini shaffof tashkil etish masalasi muhokama qilindi
Yakuniy nazorat va yakuniy attestatsiyasi komissiya a’zolari, mas’ul xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida bahorgi semestr imtihonlari va YaDani adolatli, shaffof va belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish...
Malaka oshirish kurslari dolzarb mavzularda davom etmoqda
Malaysiyada 22 nafar professor-o‘qituvchi uchun tashkil etilgan 2 haftalik malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.