Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/10/2022
Chop etish
«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

Til bayrami munosabati bilan Pedagogika va  psixologiya fakulteti, oliygohning Axborot resurs markazi xodimlari, ma’naviyat bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir avvalida talaba yoshlar o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilayotgani haqida so‘z yuritishdi.

 

Mazkur tadbirda o‘zbek tilining jozibadorligi va go‘zalligini tarannum etguchi ijod namunalari  va sahnaviy ko‘rinishlarni ham namoyish etildi.

 

Til bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbir “Zakovat” intellektual shousi bilan davom etdi. Talaba yoshlardan iborat 6 ta jamoa til bayrami va o‘zbek tiliga oid qiziqarli savollarga javob topishga harakat qilishdi. To‘plangan ballar natijasiga qarab Pedagogika psixologiya fakultetining Logopediya yo‘nalishi talabalaridan tarkib topgan   “Logopedlar” jamoasi g‘olib deb topildi. Tadbir so‘ngida g‘olib jamoaga va faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar topshirldi.


Ulashish:
1 290
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.