Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2023
Chop etish
“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayramni JDPU rektori Shavkat Sharipov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va nutqi davomida universitetga Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ilk bor chop etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (lotin alifbosida, 6 jildlik), “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati” keltirilganligini va bunday lug‘atlarning ilm-fan rivojida ahamiyati beqiyos ekanligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng bayramoldi tashkil etilgan tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Bayramda o‘zbek tili madhiga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna asarlari ijro etildi. Bayram qiziqarli tarzda o‘tdi va barcha qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.


Ulashish:
898
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...