Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/07/2023
Chop etish
Qabul jarayonlari qanday davom etmoqda?

Jizzax davlat pedagogika  universitetida 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Jizzax viloyatdagi 4ta oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyasining mas’ul kotiblari hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi bo‘lim boshliqlari, OAV  vakillari ishtirok etishdi.

 

Anjumanda masʼullar tomonidan har bir oliygohda 2023/2024 o‘quv yili qabulini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan qabul komissiyasi faoliyati, davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari, yangi o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida davlat granti o‘rinlari soni  o‘tgan yilgiga nisbatan oshganligi, abituriyentlarga yaratilayotgan sharoitlar, imtiyozlar va ulardan kimlar foydalana olishi, davlat testlari o‘tkaziladigan binolardagi tayyorgarlik holati, oliy taʼlim muassasalarida yangi ochilayotgan yo‘nalishlar haqida to‘liq maʼlumotlar berildi.

Anjuman so‘ngida OAV tomonidan mavzu doirasida berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.


Ulashish:
1 119
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.