E’lonlar
E’lonlar
|
05/09/2026
Chop etish
QABUL–2026: JDPUda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi.

2026/2027 o‘quv yili qabuli doirasida kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam bo‘lmagan, biroq tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati nazarda tutilgan.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishining bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati hamda belgilangan koeffitsiyent asosida hisoblanadi.

Asosiy ta’lim yo‘nalishlari

Universitetdagi bir qator pedagogika, tillar, ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlar hamda boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Bazaviy to‘lov-kontrakt — 7 400 000 so‘m

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt — 4 barobar, ya’ni 29 600 000 so‘m.

Ushbu miqdor quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga tatbiq etiladi:

  • Pedagogika;

  • Maktabgacha ta’lim;

  • Maxsus pedagogika (surdopedagogika/logopediya);

  • Boshlang‘ich ta’lim;

  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;

  • Musiqa ta’limi;

  • O‘zbek tili va adabiyoti;

  • Ona tili va adabiyoti: rus tili;

  • Xorijiy til va adabiyoti;

  • Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;

  • Jismoniy madaniyat;

  • Texnologik ta’lim;

  • Tarix;

  • Arxeologiya;

  • Psixologiya;

  • Kutubxona-axborot faoliyati;

  • Biologiya;

  • Kimyo;

  • Geografiya;

  • Fizika;

  • Matematika;

  • Axborot tizimlari va texnologiyalari;

  • Sun’iy intellekt;

  • Ijtimoiy ish;

  • Sport faoliyati.

San’at yo‘nalishlari

Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik hamda Cholg‘u ijrochiligi: an’anaviy cholg‘ular ta’lim yo‘nalishlarida:

Bazaviy to‘lov-kontrakt — 8 950 000 so‘m.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt — 4 barobar, ya’ni 35 800 000 so‘m.

Menejment yo‘nalishi

Menejment ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:

Bazaviy to‘lov-kontrakt — 10 500 000 so‘m.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt — 4 barobar, ya’ni 42 000 000 so‘m.

«Davolash ishi» ta’lim yo‘nalishi

Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:

Bazaviy to‘lov-kontrakt — 10 500 000 so‘m.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt — 20 barobar, ya’ni 210 000 000 so‘m.

Rasmiy izoh

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talaba bo‘lish tartibi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va qabul jarayoniga oid belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirishdan oldin tanlangan ta’lim yo‘nalishi, to‘lov miqdori va qabul qilish tartibi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar bilan diqqat bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Qabul jarayoniga oid qo‘shimcha ma’lumotlar Jizzax davlat pedagogika universitetining rasmiy axborot resurslarida e’lon qilib boriladi.


Ulashish:
1 012
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.