Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2023
Chop etish
Professor Azamat Akbarov “Ta’lim menedjmenti va pedagogika sohasidagi zamonaviy yondashuvlar” mavzusida seminar tashkillashtirdi

Xabaringiz bor, universitetga Silk Road Research Academy asoschisi, Professor Azamat Akbarov tashrif buyurdi. Professor universitet rektori Sh.S.Sharipov bilan uchrashuvdan soʼng universitetning kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va yosh ilmiy xodimlari uchun “Ta’lim menejmenti va pedagogika sohasidagi zamonaviy yondashuvlar” mavzusida seminar trening o‘tkazdi. Seminar qiziqarli diskussiyalarga boy bo‘ldi.

Seminar davomida universitet bitiruvchilarini seleksiya qilish asosida ularni amaliyotga va ishga qabul qilish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish, ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish, Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy modellari va amalga oshirish mexanizmlari, xorijiy tajribalar, til o`rganishdagi to`siqlar va muammolar, madaniyatlararo muloqot, madaniyatlararo xilma xillik to`grisida ma`lumotlar berib o`tdi. Seminar ishtirokchilari o`zlari qiziqtirgan savollarni berishdi va seminar juda qizg`in muhokamalarga boy o`tdi.


Ulashish:
875
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.