Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/03/2026
Chop etish
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida faxriylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Payshanba — Yoshlar kuni doirasida universitet Nuroniylar kengashi tashabbusi bilan faxriylar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Unda Jizzax viloyatidagi jamoat ishlarida faol nuroniylar, onaxonlar, faxriy ustozlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida faxriylar o‘zlarining hayot yo‘llari va tajribalari haqida so‘zlab, yoshlarni ilm olishga, jamoat ishlarida faol bo‘lishga chaqirdilar.

Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi bo‘limi boshlig‘i J. Sobirov hamda jamg‘armaning viloyat kengashi raisi N. No‘sharov ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.


Ulashish:
2 456
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash: global chaqiriqlar va milliy yechimlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
Universitetning Ijtimoiy fanlar pedagogika oliy maktabi, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni...
JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...