Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/04/2023
Chop etish
Paxtaga chiqmaganim uchun maktabdan chetlatishgan…

Jizzax davlat pedagogika universitetida  “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi hamda joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbir “So‘loqli” MFYda joylashgan Tarix fakultetida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi loyihasi talabalarga ham keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ijtimoiy normalar, tartib-qoidalar ta’lim sohasida ham o‘z aksini topishi uchun moddalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Yaqqol misol sifatida yoshlarning oliy o‘quv yurtlarida davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Bosh qonunda belgilanayotganini ko‘rsatish mumkin. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olishi qat’iy kafolatlanmoqda. Yoshlarga berilayotgan bunday imkoniyatlardan to‘lqinlangan talabalar tengdoshlarini faollika chorlashdi. Jussasi nozik, ham o‘qishda ham jamoat ishlarida faol Yelena Navro‘zova  rus millatiga mansub bo‘lsada o‘zbek tilida juda ravon gapiradi. Jizzax davlat pedagogika universitetinng Tarix fakultetida “Konstitutsiya mening taqdirimda” shiori ostida o‘tkazilgan navbatdagi targ‘ibot tadbirida u ham o‘z fikrlarini bildirdi.

– aynan 2017 yildan boshlab xayotimda juda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Juda oddiy oilada voyaga yetdim. Onam ukamni dunyoga keltirganlarida, yolg‘iz qoldilar. Boquvchimiz yo‘q, men ukamga qarashga majbur bo‘lganim bois paxta terimiga chiqaolmadim. Maktab direktori bir necha marotaba uyimizga kelib  “agar qizingizni paxta terimiga chiqarmasangiz, uni maktbdan haydaymiz” dedi. Imkonimiz yo‘qligi bois paxta terimiga chiqaolmadim. Paxta terimi tugaganida dasrga bordim, afsuski ( ko‘zda yosh bilan) sinfdoshlarim bilan birga o‘qish menga nasib qilmadi. Mening qo‘llarimga hujjatlarimni tutqazishdi, darsga kirgizishmadi. Men maktabdan haydalgan edim.  Qanchalik harakat qilmay, maktabga qayta olmadim. Ko‘nglimdagi orzular armonga aylandi. Orzularim hech qachon amalga oshmasa kerak deb o‘ylardim. 2017 yilda O‘zbekistonda bo‘lgan o‘zgarishlar tufayli men maktabning 9 sinfini o‘zimdan 17 yosh kichik o‘quvchilar bilan o‘qib bitirdim. Pedagogika kolejjiga o‘qishga kirdim. Uni muvaffaqiyatli bitirib oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lish baxtiga musharraf bo‘ldim. Shu o‘tgan 6 yil davomida xayotimda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz berdi. Avval Navoiy nomidagi nomdor stependiyasi, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stependiyasi sohibiga aylandim. Orzularim ro‘yobini ko‘rayotganimdan behad mamnunman. Shu yerdagi barcha talabalarni 30 aprel  kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida faol qatnashishga chorlab qolaman,-deydi Yelena Navro‘zova

Tadbirda shuningdek depututlar, iqtidorli talabalar va mahalla faollari ham so‘z olishdi. Ular tomonidan yangilanayotgan Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, sohaga doir muhim jihatlar xususida ma’lumotlar berildi.  Ayniqsa, yoshlar, ularning bilim olishi, ishga joylashishi, salomatligi, o‘z salohiyatlarini yuzaga chiqarishi bilan bog‘liq normalar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirda joriy yilning 30 aprel kuni o‘tkaziladigan umumxalq referendumi, ana shu jarayonga tayyorgarlik xususida ham so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilari, talaba yoshlar o‘tkaziladigan referendumda faol qatnashishlarini ta’kidlab, mamlakatimiz fuqarolari haq-huquq va manfaatlari himoyasini mustahkamlashga, yurtimiz taraqqiyoti, porloq kelajagini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangilangan konstitutsiyani ma’qullab ovoz berishlarini aytishdi.


Ulashish:
1 178
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...