Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/12/2023
Chop etish
O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqining sevimli adabiyotshunos olimasi Almaz Ulvi Binnatova Jizzaxda

 “O‘zbekiston – Ozarbayjon adabiy aloqalari” nomli ilmiy seminar va ijodiy uchrashuvga taklif etilgan Almaz Ulvi xonim dastavval Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati bilan uchrashdi. Oliygohning Yoshlar masalalari ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Nazarqosimov bilan bo‘lgan muloqot davomida tomonlar turkiy xalqlarning adabiyoti, uning namoyandalari, ta’limdagi o‘zgarishlar, universitetda xalqaro hamkorlikka berilayotgan e’tibor xususida suhbatlashishdi.

“O‘zbekiston – Ozarbayjon adabiy aloqalari”. Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Institutining Ozarbayjon –Turkmaniston – O‘zbekiston adabiy aloqalari bo‘limi mudiri Almaz Ulvi Binnatova suhbat so‘ngida Ozarbayjonda chop etilgan bir nechta kitoblarni mezbonlarga hadya etdi.

Suhbat so‘ngida S.Nazarqosimov O‘zbek adabiyotining ozarbayjonlik tolmas tadqiqotchisi professor Almas Ulvi xonimning o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari yo‘lidagi ko‘p yillik izlanishlari, tinimsiz mehnati samarasi, qolaversa, o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan ulkan ehtiromi, sifatida taqdim etilgan kitoblar uchun cheksiz minnatdorchiligini bildirib, o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi ishlariga ulkan rivoj tiladi.


Ulashish:
1 128
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.