Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/01/2023
Chop etish
O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Tailandga yo‘l oldi

Terma jamoa safida JDPU talabalari ham bor

17-26 yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi.

Yodingizda bo‘lsa, ushbu musobaqaning dastlabkisi 2022 yil yanvar oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan va unda bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgandi.

Bugun charm qo‘lqop ustalarimiz musobaqada qatnashish uchun Tailandga jo‘nab ketishdi. 24 nafar sportchi yigit-qizlardan tashkil topgan terma jamoa safida  Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining 4 nafar talabalari  J.Zokirov ,A.Zokirova, N.Uktamova,S.Xusanovalarning borligi ko‘ksimizni faxrga to‘ldiradi.  Sportchi talabalarimiz ushbu nufuzli musobaqada Vatanimiz sharfini ximoya kiladilar. Talabalarimizga omad yor bulsin!


Ulashish:
1 155
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.