Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/03/2025
Chop etish
O‘zbekiston madaniyati va san’ati Nepalda namoyish etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi tomonidan Katmandu Universitetida O‘zbek madaniyati bilan bog‘liq ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmaga kelgan ishtirokchilarga yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, hayotning turli sohalarini qamrab olgan muhim o‘zgarishlar xususida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qadimiy shaharlarimizning tarixiy va madaniy yodgorliklari, sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

E’tiborli jihati, mezbonlar o‘zbek hunarmandlarining kulolchilik, so‘zana va kashta va do‘ppi tikish san’atini o‘z ichiga olgan milliy mahsulotlar ko‘rgazmasiga katta qiziqish bildirdi. Madaniy anjumanda yig‘ilganlar nafaqat san’at namunalaridan, balki o‘zbek oshxonasi ta’mlari, shuningdek, an’anaviy ashula va raqslardan ham bahramand bo‘lishdi.  Tadbirga kelganlarga milliyligimizni aks ettiruvchi sovg‘alar taqdim etildi.

Ta’kidlash joiz, delegatsiyamiz tomonidan tashkil etilgan Milliy ko‘rgazma Jizzax davlat pedagogika universiteti va Katmandu Universiteti o‘rtasida madaniy almashuv va aloqalarni yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.


Ulashish:
627
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.