Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/10/2024
Chop etish
“O‘zbekiston kelajagi savodxon yoshlar qo‘lida” shiori ostida “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan «Ommaviy diktant» aksiyasida Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba yoshlari ham ishtirok etishdi.

Yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan aksiya 100 dan ziyod talaba yoshlarni birlashtirdi.— Oliygohni birinchi kursida tahsil olaman.

Ta’lim olish jarayonida savodxonligim qay darajada ekanligini bilish uchun qatnashdim, — deya taassuroti bilan o‘rtoqlashdi Ruxshona Po‘latova . – Aksiya yuqori darajada tashkillashtirilgan. Bunday tadbirlar muntazam o‘tkazib turiladi deb umid qilaman.


Ulashish:
750
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.