Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/04/2023
Chop etish
O‘zbek romanchiligining asoschisi A.Qodiriy tavalludiga 129 yil to‘ldi.

Atoqli adib, adabiyotimizning haqli ravishda iftixori Abdulla Qodiriy tavalludiga 12 9yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida “Abdulla Qodiriy-ma’naviyat ziyosi” mavzusida  tadbir o‘tkazildi.

Adib tavallud sanasi munosabati bilan  tashkillashtirilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar Vatan ravnaqi, ozodligini qo‘msab, unga erisha olmay yosh jonini fido qilgan ulug‘ adibning xayoti va ijodi, adabiy merosi haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi. Ta’kidlash joiz bugun adibning o‘z davrida kam nusxalarda chop etilgan kitoblari  o‘n, yuz minglab nusxada nashr etilyapti.

Yozuvchi tanqidiy-publitsistik maqolalari, hajviyalarida odamlarning yangiliklarni qabul qilishdagi norasoliklarni fosh etgandek bo‘ladi. Toshpo‘lat tajang, Kalvak maxzum kabi tipik qahramonlarning, go‘yo yangi jamiyat bilan hamqadam bo‘la olmayotgani kulgi ostiga olinadi, ular tilidan sho‘ro tuzumi yangiliklariga aytilayotgan tanqidiy fikrlar ham kulgili, demak, ular rad etilishi lozimdek, biroq yozuvchi shu rad etilishi lozimdek fikrlarni salbiy qahramon tilidan ayttirib, ularga o‘zining g‘oya va xalqning dardini, alamlarini singdiradi.

Tadbirda Abdulla Qodiriyning o’zbek adabiyotiga qo’shgan hissasi yoritib berildi. Asarlari asosida tayyorlangan spektakl tomoshalari qo’yildi. She’rlari ifodali o’qildi. Tadbir juda ham ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Tadbirga kelgan barcha tomoshabinlar adibning boy meriosidan bahramand bo‘lish bilan bir qatorda ma’naviy zavq ham olishdi.


Ulashish:
2 133
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.