Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/09/2023
Chop etish
OTM va ota–onalar hamkorligi farzand kamoli asosi.

Pedagogika psixologiya fakulteti tomonidan o‘tkazilgan Ota-onalar kongressi ana shunday nomlandi.

Taʼlim-tarbiyada yaxshi natijalarga erishish uchun OTM, oila, mahalla uyg‘unligini taʼminlash zarur.. Shu sababdan ota-onalarni tez-tez taʼlim muassasasiga jalb qilish zarur. Bunda ota-onalar uchun noanʼanaviy ota-onalar yig‘ilishlari, ochiq darslarni tashkil etish, psixologik treninglar o‘tkazish, so‘rovnomalar olish va turli tadbirlar tashkil etish yaxshi samara beradi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining Pedagogika psixologiya fakulteti navbatdagi ota-onalar yig‘ilishini ana shu tarzda o‘tkazdi. Bu gal  ota-onalar noanʼanaviy “Ota-onalar yig‘ilishi” ishtirokchisiga aylandi.Yig‘ilishda ota-onalar dastlab ota-onalarga rahbariyat tomonidan odob-axloq kodeksi haqida tushunchalar va tavsiyalar berildi

 

 

Yig‘ilish davomida “Siz farzandingizni bilasizmi?” nomli so‘rovnoma ham olindi. So‘rovnoma natijalari orqali har bir ota-ona o‘z farzandini qanchalik bilishini tushunib oldi. Tadbirda nogironligi bor ota-onalar ishtirok etayotganligi bois surdotarjimon xizmatidan ham foydalanildi.


Ulashish:
1 258
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.