Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/09/2023
Chop etish
“Ota-onalar kongressi” davom etmoqda

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetining madaniyat saroyiga Jismoniy madaniyat fakultetida tahsil olayotgan talaba yoshlarning ota-onalari taklif etildi.  Ota-onalar kongressini Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Nazarqosimov ochib berdi.

“Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-eʼtiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Oilada farzandlarni o‘z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash masʼuliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda ota-onaning o‘zaro samimiy munosabati, ularning farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarning sog‘-salomat voyaga yetishlari uchun asos bo‘ladi. Bugungi uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad ham ota-onalarning o‘z farzandalri taqdirga befarq bo‘lmaslikni, ular bilan doimo yaqin bo‘lishlarini yana bir bor eslatishdir”-deydi universitet prorektori S.Nazarqosimov

Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko‘nikmalari oz bo‘lsa, bunday shaxs baʼzan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo‘l uradi. Aynan talabalar o‘rtasida mana shunday noxush holatlarning ko‘payib borayotgani esa achinarlidir. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan universitet profilaktik inspektorlari va professor-o‘qituvchilar ota-onalarni yana bir bor hushyorlikka chaqirishdi.

Yig‘ilish so‘ngida fakultetda o‘z iqtidori va namunali xulqi bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘layotgan talaba yoshlarning ota-onalariga faxriy yorliqlar topshirildi. Takliflar tinglandi. Fikr mulohazalar bildirildi. So‘ngida barcha ota-onalar farzandlari tahsil olayotgan fakultetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.


Ulashish:
1 102
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.