Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/09/2023
Chop etish
 Ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

JDPUga ota-onalar taklif etildi. Maktabgacha ta’lim fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbir iqtidorli talabalar ijodi bilan tanishishidan boshlandi. Tadbirga taklif etilgan ota-onalar talaba yoshlarning ijod namunalari bilan tanishishdan so‘ng «Farzandimga bir kitob» aksiyasida ishtirok etishdi. Aksiya davomida ota-onalar o‘z farzandlariga o‘zlari tanlagan kitoblarni taqdim etishdi.

 

Juda katta  yer maydoniga ega universitet hududida ota-onalar bog‘ining tashkil etilishi nafaqat talaba yoshlarni, balki ularning ota-onalarini ham quvontirdi. O‘z farzandiga atab ko‘chat ekayotgan ota-onalarning harakatlariga boqar ekansiz. Ularning ko‘nglidagi hayajon va quvonch hislari nihollarga ko‘chishini istaysiz. Yaxshi orzu va istaklar bilan ekilgan ko‘chat esa gurkirab yashnashi va mana shu bog‘ga  uzoq yillar xizmat qilishi shubhasiz.

Bugun bu yerga kelgan ota-onalar dildan yayradi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Ular uchun atalagan kichik badiiy dastur ko‘ngillarga zavq olib kirgan bo‘lsa. Farzandi ortidan e’tirof etilish ikki hissa quvonchga sabab bo‘ldi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar TTJlari va ijara uylar haqida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda bugungi kunda olib borilayotgan o‘rganish ishlari haqida ham tushunchalar berishdi. Bugun talaba yoshlarga nafaqat ustozlar balki ularning ota-onalari ham birdek mas’uliyat bilan yondashsa ko‘zlangan natijaga erishish mumkinligini ta’kidlashdi.

Tashkil etilayotgan bunday ota-onalar yig‘ilishi talabalarning o‘qishga bo‘lgan munosabati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, jamoa ishlarida faolligi, tartib intizomga rioya qilishi, a’lo va yaxshi baholarga o‘qishi uchun ijobiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga oliygoh rahbariyati, o‘qituvchilari hamda ota-onalar o‘rtasida hamkorlik vujudga keladi.


Ulashish:
1 105
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.