Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/06/2023
Chop etish
Orzu va niyatlaringizni amallarda ifodalang,-deydi JDPU rektori Sh.Sharipov

Davlat rahbarining raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshirig‘iga asosan universitet rektoriga 44 nafar talaba yoshlar biriktirilgan. Talabalar orasida Baxmallik Fizika va texnologik taʼlim fakultetining 1 kurs talabasi Kamronbek Ochilov ham bor. Komronbekning orzulari juda katta u magistraturani chet elda o‘qish niyatida. Oilaviy mummolarga o‘ralashib qolgan Kamronbek darslarga o‘z vaqtida kelishga imkon topa olmadi. Oliygohning Matematika va informatika fakulteti talabasi Zafar ham o‘z ishining ustasi, kompyuter yo‘nalishida tahsil olayotgan yigitga ota-onasining chet elda ekanligi pand berdi. Tashkil etilgan uchrashuvda har bir talabaning dardi tinglandi. Suhbat ortiqcha rasmiyatchiliksiz do‘stona tarzda bo‘lib o‘tdi. Imkoniyat darajasida har bir talabaning murojaatiga ijobiy yechim topishga harakat qilindi.

-Bizning maqsadimiz Talabalarga dalda bo‘lish ularni qo‘llab-quvvatlash Masalan, oilasidagi yetishmovchilik yoki kontrakt pulini to‘lashga qurbi yetmagan talabaning darslarni qoldirib bo‘lsa-da mavsumiy ishda ishlashi yoki mardikor bo‘lishiga ko‘z yumishimizdan kim nima yutyapti-yu nima yutqazyapti? U bilan suhbatlashsang, kerak bo‘lsa ota-onasini suhbatga chorlasak, dardini tinglasak yaxshi emasmi? Axir, boshqalar uning xatosini takrorlamasligi kerak-ku? Men talabalar bilan barcha suhbat jarayonlarida bu muloqot ularga jazo berish uchun emas, balki qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilganini aytishga harakat qilaman. Niyatimiz ham shu aslida, -deydi universitet rektori Sh.Sharipov.

Muloqot davomida har bir talaba orzu niyatlari bilan o‘rtoqlashdi. Amallar niyatlarga bog‘liq deyishadi. Suhbat so‘ngida universitet rektori barcha talabalarga yuksak maqsadlarni amalda isbotlash uchun tinmay izlanish va mehnat qilish lozimligini taʼkidladi.


Ulashish:
1 578
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.