Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/08/2023
Chop etish
 “Ona siymosi”  va  “Mening oilam” mavzularida bo‘lib o‘tgan tanlov g‘oliblari aniqlandi.

Joriy yilning 15-25 avgustiga qadar Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlar o‘rtasida “Ona siymosi”, “Mening oilam” mavzularida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov shartlariga ko‘ra ishtirokchilar 50×70 hajmidagi rang tasvir va moy bo‘yoq matoda ishlangan rasmlarni 10 kun muddatda taqdim etishlari lozim edi. Ayna paytda 100 ga yaqin ishtirokchi o‘z ishlarini taqdim etgan. Ushbu ishlar esa hakamlar hayʼati tomonidan ko‘rib chiqilib, tanlov g‘oliblari aniqlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra  1-o‘rin –  Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Madina Xushvaqtovaga , 2-o‘rin –  Fizika va texnologik taʼlim fakulteti talabasi Gulsevar O‘rinboyevaga , 3-o‘rin – esa  Fizika va texnologik taʼlim fakultet talabasi Farzona Chindaliyevaga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan tanlov ishtirokchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi. Shuningdek tanlovda faol ishtiroki 4 nafar talaba yoshlarga  rag‘batlantiruvchi mukofotlar topshiriladi.


Ulashish:
1 404
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.