Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/10/2022
Chop etish
Oliygohda “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Zomin tumani XTB ga qarashli 34-maktabning 38 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilari  uchun JDPU da «Ochiq eshiklar» kuni tashkil etildi.

Tadbir doirasida universitetning moddiy-texnika bazasi, o‘quv xonalari, ARM bilan tanishtirildi. Shuningdek  bitiruvchilar universitet fakultetlari va kafedralari bilan tanishib, ta’lim muassasasiga  tegishli barcha ma’lumotlarni olishdi.

Universitet  tuzilmasi  qoshida tashkil etilgan «Qatog‘on qurbonlari» muzeyiga tashrif  o‘quvchilar qaldbida chuqur taassurot qoldirdi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Bu yerda mehmonlar qatag‘on qurbonlari haqida hamda Jizzax vohasi bilan bog‘liq qiziqarli  ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Tadbir yakunida o‘qituvchi A. Qayumov  tomonidan o‘quvchilarga  bir soatlik motivatsion dars tashkil etdi.


Ulashish:
1 189
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.