Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/07/2023
Chop etish
Oliy ta’limda qabul jarayonlari qanday kechmoqda?

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Boboxonov  boshchiligidagi ishchi guruhi  Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Ishchi guruhi a’zolari dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar,  аbituriyentlarga maslahat va ma’lumotlar beruvchi Call-center, ota-onalar va abiturientlar uchun tashkil etilgan qabul komissiyasi maslahat markazi faoliyatini ko‘zdan kechirishdi. Jarayonda Jamoliddin Boboxonov markaz operatorlari bilan suhbatlashib maslahat olish ilinjida qo‘ng‘iroq qilayotgan har bir mijozning savollariga tez va puxta javob berish boʻyicha maslahat va  koʻrsatmalarini berdi. Shundan so‘ng universitet hududida  ijodiy imtihonlar  o‘tkazilidagan xona va auditoriyalarni ko‘zdan kechirdi. Abiturientlarga qulaylik borasida qilinajak ishlar bo‘yicha tavsiyalarini berib o‘tdi.

Siz yangi hayot ostonasida turibsiz…

Universitet madaniyat saroyida bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqot Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Boboxonovning ana shu so‘zlari bilan boshlandi. JDPU qoshidagi “Sayiljoyi” akademik litseyining 400 dan ziyod bitiruvchilari taklif etilgan ochiq muloqot davоmida vazirlik boshqarma boshlig‘i  bo‘lajak talabalarning aniq va ezgu maqsadlar sari dadil odimlayotgan yoshlarga omad tiladi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv taqdirlash marosimiga ulanib ketdi. “Sayiljoyi” akademik litseyini imtiyozli diplom bilan bitirayotgan o‘quvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.


Ulashish:
1 199
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.