Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/05/2024
Chop etish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Jizzaxda bo‘ldi.

Vazir o‘rinbosari Jizzax davlat pedagogika universitetining ilmiy-innovatsion faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari dastlab universitetning bosh binosida tashkil etilgan Steam park ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida  amalga oshirilayotgan va bajarilishi ko‘zda tutilgan amaliy va innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari “Tabiiy fanlar ” fakultetida bo‘lib,  o‘quv va ilmiy laboratoriyalarning zamonaviy asbob-uskunalari bilan jihozlanganlik holati va bu laboratoriyalar negizida amalga oshirish ko‘zda tutilgan bir qancha  loyihalarga oid ma’lumotlar  «In vitro» laboratoriyasida  o‘simlik yetishtirishning usullari  bilan tanishdi.  Vazir o‘rinbosari O. Mahkamov  ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi kelajakda o‘z-o‘zini moliyalashtirish masalasi, laboratoriya ishlarining xalq xo‘jaligi sohalari bilan chambarchas bog‘liqligini ta’minlash, laboratoriya tadqiqot ishlariga bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan faol yoshlarni jalb etish va mutaxassislarning xorijda tajriba orttirishlari yuzasidan taklif va tavsiyalarini berdi.

Tashrif so‘ngida Vazir o‘rinbosari Otabek Mahkamov ishtirokida magistr hamda doktorantlar bilan uchrashuv tashkil etildi.


Ulashish:
1 810
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.