Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/01/2026
Chop etish
Oliy pedagogik ta’lim tizimini transformatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Oliy pedagogik ta’lim tizimini zamon talablariga mos ravishda isloh qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan respublika seminarini Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori Muhammedov G‘ofurjon Isroilovich ochib berdi.

Seminarning rasmiy ochilish marosimini Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich davom ettirdi.

Respublika seminari doirasida tadbirning taqdimot qismiga yetib kelindi. Mazkur bosqichda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetining soha bo‘yicha prorektorlari tomonidan taqdimotlar qilindi.

Pedagogika oliy ta’lim muassasalarini transformatsiya qilish modeli muhokamasiga bag‘ishlangan respublika seminari yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, har ikki universitet tomonidan ramziy sovg‘alar topshirildi va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Ulashish:
2 895
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...